Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1907 Gilam bunday yuvilmaydi!


  • Nominatsiya:

    Seasons. Mavsumiy kampaniya

  • Brend

    Nanoclear

  • Agentlik

    SMMAK

Muammo

O‘zbekistonda BAHOR-YOZ gilamlarni ommaviy yuvish mavsumi – bu vaqtda iste’molchi bitta brend bo‘yicha tanlov qilishi juda muhim – shunda u ko‘p yillar davomida sodiq mijozga aylanadi. Ko'p yillar davomida gilamlar uyning hovlisida va xonadonlar podyezdida yuvilgan - bu yoz mavsumining "an'anasi" hisoblanadi. Professional gilam yuvishni tanlash uchun odamlarning odatlarini o'zgartirish kerak edi. Bozorda ko'plab raqobatchilar mavjud, 90% bir xil xizmat ko'rsatish shartlari va narxlarni taklif qiladi. iste'molchi tomonidan tovar tanlash uchun boshqa drayver topish kerak edi.


Yechim

Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun biz insaytlar to'pladik, iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rgandik va kampaniya uchun taniqli blogerni tanladik. To'plangan ma’lumotlarga ko‘ra, biz hovlida gilam yuvish jarayonini noodatiy tarzda ko‘rsatishga qaror qildik. Bosh rolda gilam yuvishni an'anaviy usulini ko'rsatadigan kelinni tanladik. Video blogerning sahifasida va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida targ‘ib qilindi. Reklama kampaniyasining asosiy maqsadi raqobatchilardan ajralib chiqish edi.


Natija

2021-yil BAHOR-YOZ mavsumining natijalariga ko‘ra, o‘rtacha oylik bajarilgan ishlar hajmi 11000 kv.m ga yetdi va buyurtmalar soni oyiga 550 tagacha oshdi. Biz auditoriya bilan kommunikatsiyaga va kreativ yondashuvga e'tibor qaratgan holda raqobatchilar orasidan ajralib chiqdik. Ijtimoiy tarmoqlarda iste'molchilar NanoClear brendiga ko'proq e'tibor bera boshladilar, bizning videomizni 1500 martadan ko'proq bo'lishishdi(repost) va Toshkent hududi bo'yicha 20 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan 400 000 dan ortiq ayollar auditoriyasini qamrab oldi. Sahifalarning umumiy qamrovi esa 1 milliondan oshdi.



Ro'yxatga qaytish