Integrated. Integratsiyalangan kampaniya
Durable Stone
“Xususiy uy-joy va HoReCa” tarmog‘ida vibroquyma texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan trotuar tosh bozorning aksariyatini egallaydi. Mustaqil tadqiqotlariga ko‘ra vibroquyilgan toshning mustahkamligi va xizmat qilish muddati atigi 2-3 yilni tashkil etadi. Har 2-3 yilda bruschatkani almashtirish qimmatga tushadi. Bozor “narx-mustahkamlik” nisbatiga javob beradigan maqbul taklifni kutmoqda. Mazkur tarmoqda eskpert va foydali ma’lumot mavjudligiga qaramay, iste’molchi vibropress texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan bruschatka afzalliklari to‘g‘risida to‘liq bilimga ega emas.
«DURABLE BETON» MChJ 2019-yildan boshlab «DURABLE STONE» brendi ostida vibropresslangan beton bruschatkani ishlab chiqarmoqda. Avvalgi bruschatkaning shakli va assortimenti ijtimoiy, ofisoldi va sotuvoldi hududlarni bezatishga mo‘ljallangan edi. 2022-yildan boshlab assortimentda xususiy uy-joy va HoReCa uchun bruschatkaning yangi shakli va assortimenti paydo bo‘ldi. Shu maqsadda biz o‘z bruschatkamizni afzalliklarni namoyon etayotgan reklama kampaniyani amalga oshirdik. Oldimizda Durable Stone mahsulotlarining afzalliklarini yaqqol ko‘rsatish vazifa qo‘yilgan edi. Vibpresslangan bruschatkani sotib olgan xaridor uni almashtirish bilan uzoq muddatda hayolidan chiqaradi. Ya’ni, bruschatkani xarid qilib, yotqizadi va bu haqda unutadi. Rolikda yashil maysazorga ega xususiy hududlarni bezatish uchun eng ma’qul keladigan bruschatkaning 5 ta Top modellari namoyon etilgan. Shunigdek Durable Stone bruschatkasining mustahkamligi, ya’ni 10 yillik kafolat mavjudligi va noyob turlari tog‘risida ma’lumot keltirildi. Mazkur reklama kampaniyasi tashqi reklama hamda digital kanallari (ijtimoiy tarmoqlar, tashqi telegram kanallar, kontekst reklama) orqali amalga oshirildi.
Reklama kampaniyasi natijalariga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning qamrovi (COVERAGE) 67,9 mingga, jalb qilish darajasi (INVOLVEMENT) esa 15,1 mingga yetkazildi. Tashqi manbalarda, ya’ni “Дайджест – Новости Узбекистана” telegram kanalida qamrov darajasi 79,8 mingni, “Qalampir.uz” internet manbaning telegram kanalida esa 95,2 ni tashkil etdi. Kontekst reklama yo‘nalishida ko‘rib-chiqish koeffisienti 24,54% ni tashkil etdi. 2022-yil yoz natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan mahsulotning umumiy hajmi avvalgi mavsumga nisbatan (bahor fasli) 56 foizga o‘sish natijalarini namoyon etdi. O‘tgan yilda esa bahor va yoz orasidagi moliyaviy natijalar orasida katta farq ko‘zatilmagan edi. Shuni hisobga olgan holda, biz tomonidan amalga oshirgan reklama kampaniyasining natijalarini muvaffaqiyatli deb baholashimiz mumkin.