Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1110 Yangi brend - Binafsha Store


  • Nominatsiya:

    New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish

  • Brend

    Binafsha

Muammo

Bizning missiyamiz ayollarni qo'llab-quvvatlash, ularga go'zallik va martaba sohasida o'ziligini anglash imkoniyatini berishdir. Mahsulotlarimiz yordamida ularning yoshi va byudjetidan q'atiy nazar, chiroyli va ko'rkam korinishiga yordam berishdir. Ayollar har doim sifat va byudjet nuqtai nazaridan mos keladigan kosmetik mahsulotlarni izlaydilar, ko'pincha ular go'zallik va tashqi ko'rinish sohasidagi muammolarni birgalikda hal qilishlari kerak. Binafshaning vazifasi, ma'lum parametrlarga ko'ra, barcha ayollar uchun mos keladigan imkoniyatlarni birlashtirish va yaratish edi.


Yechim

Aholi zich joylashgan hududlarda "Binafsha" kosmetika va parfyumeriya do'konlarining byudjetli va chegirmali tarmog'ini ochishga qaror qilindi. Xodimlar uchun ko'plab professional treninglarni o'tkazish, ularning maqsadi mijozlarga malakali maslahat berish va ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mahsulotlarni taklif qilishdir. Mijozga mahsulotni to'g'ri tanlashga yordam beradigan professional xizmat darajasini o'rnatish.


Natija

Uch oy ichida kompaniyamiz shahar markazida 4 ta filialini ochdi, ular qulay joyda joylashgan. Biz 10 dan ortiq tadbirlarni o'tkazdik, masalan, aksiyalar, vizajist tomonidan mahorat darslari, sovrinli o'yinlar. Shuningdek, biz muntazam ravishda xodimlar uchun o’qish va treninglar o'tkazamiz, biz bloggerlar bilan hamkorlikni rivojlantiramoqdamiz, raqamli makonda 800 mingdan ortiq foydalanuvchilarni qamrab olganmiz. Binafsha jamoasi "CallUmida" ijtimoiy loyihasiga alohida e’tibor qaratib, zo‘ravonlikka qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlaydi. O'tkazilgan ko'plab tadbirlar tufayli bizning brendimiz xaridorlar tomonidan taniqli, sevimli va sodiq bo'lib bormoqda.



Ro'yxatga qaytish