Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2226 Logochi - mikro-kompaniyani qo'llab-quvvatlash loyihasi


  • Nominatsiya:

    Social. Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish

  • Brend

    Logochi

  • Agentlik

    Minim | Brand Design

Muammo

O‘zbekistondagi kichik biznes vakillari o‘z faoliyatini endigina boshlagan bir paytda, resurslarni brend, aydentika, va shu kabi vizual elementlarni yaratishga sarflay olmadi. Garchi, brend yoki hech bo‘lmasa logotipsiz bozorda ajralib chiqib “tirik” qolish yangi biznesga ko‘pincha qiyin bo‘ladi.


Yechim

Biz ekspress-logotip yaratish platformasi — Logochi yordamida har qanday kichik tadbirkor, frilanser, hunarmand yoki boshqa endigini biznesga kirgan kompaniyaga tez va hamyonbop narxlarda, yoki biror bayram aksiyalari davomida hatto bepul logotip yaratib berish jarayonini yo‘lga qo‘ydik. Buning uchun shunchaki brifni to‘ldirish yetarli xolos, bir necha kundan so‘ng biz logotip tayyorlab mijozga taqdim etamiz. Logotip yaratishning arzonligi sababi shundaki, jamoa logotiplar ustida tijorat loyihalaridan tashqari, bo‘sh vaqtda, o‘zining shaxsiy ishtiyoqi va kichik biznesga yordam berish xohishi asosida ishlaydi.


Natija

Platforma o‘ziga talab borligini isbotladi, bugungi kunga kelib biz allaqachon bir nechta kompaniyalarga logotip yaratdik va shu orqali kichik biznesni qo‘llashda davom etmoqdamiz.



Ro'yxatga qaytish