New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish
Aklis
Minim | Brand Design
O‘zbekistondagi kir yuvish kukunlari kategoriyasida mahsulotlar bir xil ko‘rinishga ega — ular bitta ranglardan foydalanishadi, bir-birini takrorlaydi va buning natijasida butun kategoriya bitta katta dog‘ga aylanib qolgan.
Yangi mahsulotni bozorga chiqarishdan avval biz bir qator izlanishlar o‘tkazib, intervyular tashkillashtirdik va iste’molchilarga kir yuvish kukunini tanlashda nima muhimligini aniqlab oldik. Oddiy rang yechimlaridan uzoqlashib, maskot ishlab chiqdik va raqobatchilardan yaqqol ajralib turadigan qadoq yaratdik.
Bizning brending kategoriya uchun yangicha va iste’molchilar uchun qulay bo‘ldi — qadoqda ochilib yopiladigan tasma va kategoriya uchun yangi ranglar ishlatildi. Hozir mahsulot allaqachon o‘zining ilk mijozlarini topib olgan.