Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1413 Rumiya - premium pishloqning yangi brendi


  • Nominatsiya:

    Traditions. Milliy qadriyatlar qo‘llanilgan kampaniya

  • Brend

    Rumiya

  • Agentlik

    Minim | Brand Design

Muammo

“Rumiya” pishlog‘i sutli, dudlangan va qaymoqli pishloqning eng sara turlaridan qilingan bo‘lib, premium-segmentdagi iste’molchilarga mo‘ljallangan.
Mahsulotga O‘zbekistonga bozoriga chiqish uchun mos brending kerak edi.


Yechim

Mahsulotning vizual kodi sharqona miniatyura stilistikasida ishlangan, uning asosiy qahramoni — buzoq haqida qayg‘urayotgan qiz. Bu orqali biz O‘zbekiston madaniyatini ham qo‘llab-quvvatlashga intildik.
Illyustratsiyadagi har bir detal qo‘lda chizigan bo‘lib, final obrazni yaratishda yuzlab miniatyuralar o‘rganib chiqilgan.
Har bir mahsulot turi o‘ziga mos rang bilan belgilangan, toki xaridor xohlagan pishlog‘ini osonlik bilan tanlab ola olishi uchun.
Mahsulot nomi ham pishloq ishi tarixiga ishora qiladi — Rumiya so‘zi Rim shahrining nomini o‘zbekona talqinidan olingan, negaki aynan Rimda ilk bor pishloq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.


Natija

Bugun brend yangi dizayndagi qadoqlarni ishlab chiqarish jarayonida va bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — ushbu loyihadan so‘ng Rumiya brendi yana bir mahsulot dizaynini yaratish uchun bizga yuzlandi.



Ro'yxatga qaytish