Branding. Brending
Rikki
Minim | Brand Design
Numa — O‘zbekistondagi eng yirik biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Uning keng va sodiq mijozlar bazasi bo‘lib, undagi xaridorlar yana va yana brendga profilaktika va sog‘liqni bir maromda ushlab turish maqsadlari bilan yuzlanishadi.
Bizga esa brend yangi mahsuloti uchun aydentika yaratish maqsadida yuzlangan — bu mahsulot bolalar uchun antigelmintik vosita hisoblanib, u bola organizmini zararkunandalardan tozalaydi, masalan, gijjadan.
Preparat bolalar uchun yaratilgani, ammo bir vaqtning o‘zida uning neymingi dorining barcha foydali xususiyatlari qisqa va lo‘nda tushintira olishi kerakligini inobatga olgan holda, biz preparatga “Rikki” nomini berishga qaror qildik.
Bu nom bizni Radyard Kiplingning mashhur “Riki-Tiki-Tavi” hikoyasidagi bosh qahramon, mangustga ishora qiladi: axir u ham do‘stlarini zararkunandalardan himoya qilgan.
Shu bilan birga, qadoq dizayni yorqin, bolalar e’tiborini tortadigan stilistikadi ishlangan bo‘lib, bolakaylar unga hech qanday qo‘rquv yoki mayuslik bilan qaramaydilar.
Tipografika ham e’tibor tortadigan uslubda yaratilgan, uni uzoqdan turib ham bemalol o‘qib olish mumkin.
Natijada biz chuqur o‘ylangan brending yarata oldik — u iste’molchilarning asosiy baryerlarini yengib, mahsulotni ham bolakaylar, ham ularning ota-onalari uchun har tomonlama ochib bera oladi.