Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2205 Agrobooks


  • Nominatsiya:

    Social. Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish

  • Brend

    Agrobooks

  • Agentlik

    Agrobank marketing

Muammo

Dehqon va bog‘bonlar uchun qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga oid maxsus uslubiy qo‘llanmalarning yo‘qligi. Ularda mavjud bo\'lgan ma\'lumotlar esa yurtimiz sharoitiga moslashtirilmagan yoki mavhum bo\'lgan, ya\'ni fermerlarimiz uchun unchalik tushunarli emas edi.


Yechim

O‘zbekistonning iqlim sharoitini hisobga olgan holda bog‘dorchilik, chorvachilik, dehqonchilik va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish uchun ilmiy tashkilotlar, sohaning yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarini jalb qilish. Mazkur loyihani “Agrobank”ning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirib, fermerlar va qishloq xo‘jaligiga qiziquvchilarning barchasiga bepul taqdim etish.


Natija

Natijada, 7 ta ilmiy tashkilot bilan hamkorlikda sohaning 50 dan ortiq professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilarni jalb etgan holda qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga oid 100 ta uslubiy qo‘llanmalar to‘plami ishlab chiqildi. Bugungi kunga qadar 12 000 dan ortiq kitoblar chop etilgan va tarqatilgan, telegram bot orqali 10 000 dan ortiq va sayt orqali 72 000 dan ortiq yuklab olingan.



Ro'yxatga qaytish