Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1518 Endo marine kids


  • Nominatsiya:

    Integrated. Integratsiyalangan kampaniya

  • Brend

    NUMA

Muammo

Uzoq yillardan buyon Oʻzbekiston ENDEMIK hudud hisoblanadi. Bugungi kunga qadar aholimizning 75 foizi yod tanqisligidan aziyat chekmoqda. Shu sababli aholida buqoq kasalligi ko'plab kuzatilmoqda. Buqoq qalqonsimon bez patologiyasi bo'lib, uning asosiy belgisi garmon ishlab chiqaruvchi organlarda tugunlarning paydo bo'lishidir. O'zbekistonda dengiz yo'qligi sababli 1 yoshdan o'tish davrigacha bo'lgan ko'plab bolalarda yod tanqisligi kuzatiladi. Yod tanqisligi bilan og'rigan bolalarda terining qurishi, xotiraning buzilishi, umumiy zaiflik, surunkali charchoq, tirnoqlar va suyaklarning mo'rtlashishi, tana vaznining keskin oshishi, asabiylashish, qalqonsimon bezning ba'zi hollarda kattalashishi, ko'zlarning shishishi, ko'krak qafasi shaklining buzilishi va sochlar to'kilishi kuzatiladi.


Yechim

Bolaning kuchli va sog'lom bo'lib o'sishi uchun biz iste'molchiga EndoMarine Kids multivitaminli kompleksini taqdim etamiz. EndoMarine Kids mahsuloti tarkibida GMO va bo'yoqlar mavjud emas.

Qo'llash doirasi: qo'rg'oshin va uglevod almashinuvi buzilishining oldini olish, shuningdek, yod tanqisligining oldini olish uchun.


Natija

Natija biz o'ylagandan ham yaxshi bo'ldi. Yangi mahsulotimiz qisqa vaqt ichida mijozlarimizda o'z samarasini ko'rsatdi. Ayni paytda mahsulotlarimizga xaridorlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Bizda 40 dan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat olib borishadi. EndoMarine Kids mahsulotlarini xarid qilayotgan mijozlar doimiy ravishda mutaxassislarimiz nazoratida bo'ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarimizda pediatrlar tavsiyalarini berib bormoqdamiz.



Ro'yxatga qaytish