Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1302 Flecha choyining rebrendingi


  • Nominatsiya:

    Rebranding. Rebrending

  • Brend

    FLECHA

  • Agentlik

    Ishvara Tattva

Muammo

Flecha brendi 1995 yilda Xitoyda yaratilgan bo'lib, u yerda tezda milliy, keyin esa xalqaro brendga aylandi. O'zbekistonda u vaznli (kilogramli) va qadoqlangan choy assortimenti bilan ifodalanadi. Flecha tezda o'rta narxdagi ko’k choy segmentida etakchi o'rinni egalladi. Biroq, brendning imidji asosan choy sotuvchilari orasida "vaznli" choy sifatida shakillangan. 2021 yilda korxona qadoqlangan mahsulot segmentini ishlab chiqishga va mijozlar bilan muloqot qilishga qaror qildi. Buning uchun logotip, qadoq dizayni va mahsulot assortimentini o'zgartirish zarurati bor edi.


Yechim

Asosiy g'oya ko’k choy kategoriyasini vaznli va qadoqlangan choylarga ajratishdir. Shu bilan birga, har bir turdagi choyning alohida subbrendlarini bozorga chiqarishdir. Flecha brendi qadoqlangan ko’k choy kategoriyasini ifodalaydi. Flecha - O'zbekistonlik iste'molchi uchun tushunarli ko’rinishga ega bo’lgan yuqori sifatli Xitoy choyi. Yangi strategiya mijozlarga hamyonbop va tushunarli mahsulot assortimentini taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, choy brendining "tushunarliligi" dizayn elementlari orqali ifodalanadi. Mahsulotlarning dizayni va tavsifi, infografikasi, nomlari odamlar odatlangan, uzoq vaqt davomida ichadigan va sevib kelayotgan choy bilan assotsiatsiyani uyg'otishga qaratilgan.


Natija

● FLECHA ning yangi zamonaviy, yorqin dizayni brendni ushbu segmentdagi boshqa o‘yinchilardan ajratib turadi. ● Har bir qadoq xaridor bilan tushunarli belgilar tilida "gaplashadi" va assortiment ichidan tanlov qilishni osonlashtiradi. ● Kiritilgan barcha o'zgarishlar bilan brendning o'ziga xosligi va avvalgi dizaynga o’xshashliligi saqlab qolingan. ● Eski assortiment 75%ga qisqartirildi va bir nechta yangi asosiy mahsulotlar qo‘shildi. Ularni do‘kon peshtaxtalariga joylashtirish oson va eng muhimi ular xaridorlarning asosiy ehtiyojlarini qondiradigan izchil assortimentni tashkil etdi. ● Mijozlar e'tiborini mahsulotga jalb qilish va choy tanlash jarayonini osonlashtirish uchun POSM menyusi ishlab chiqilgan.



Ro'yxatga qaytish