Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1130 Hyundai Staria - kosmosga qadam


  • Nominatsiya:

    New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish

  • Brend

    Hyundai

  • Agentlik

    inhouse

Muammo

Hyundai kompaniyasining rasmiy distribyutori O‘zbekiston avtomobil bozoriga uch yildan ko‘proq vaqt oldin kirib kelgan bo‘lib, o‘z mijozlariga innovatsion avtomobillar, qulay kafolat siyosati, test-drayv va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, boy joriy palitra va taqdim etilgan modellar uchun komplektatsiyalarning keng tanlovini taklif etmoqda. Uch yil davomida respublika hududlarida 12 ta dilerlik markazi ochildi, trade-in xizmati yo‘lga qo‘yildi, deteyling studiyalari ochildi va avtomobil xarid qilish uchun moliyaviy vositalarni tanlash imkoniyati taqdim etildi. Hyundai brendining O‘zbekistondagi muxlislarini yana qanday ajablantirish va xursand qilish mumkin? Albatta, modellar qatorini kengaytirish, yangiliklarni, uzoq kutilgan va talab yuqori bo'lgan avtomobillarni taklif etish.


Yechim

Creta, Elantra, Tucson, Sonata, Santa Fe, Palisade. Zamonaviy sedanlar, kuchli krossoverlar. Zamonaviy, innovatsion va xavfsiz. O‘zbekistondagi Hyundai modellari qatori aynan shunday ko'rinishga ega edi. Ammo… Bir joyda turish Hyundai tabiatiga xos emas. Biz keyingi qadam sifatida kosmosni tanladik, sakkiz o'rindiqli miniven - Staria'ni taqdim etdik. 2022-yil avgust oyi oxirida Hyundai'ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori tomonidan yangi model taqdimoti tashkil etildi. Katta oila, qulay sayohat va muvaffaqiyatli biznes uchun avtomobillar qatorini to'ldiradigan sakkiz o'rindiqli futuristik shatl.


Natija

Endi siz innovatsiyalar va nafislik, xavfsizlik va qulaylik o'rtasida tanlov qilishingiz shart emas. Biznes sayohatlari va oilaviy sayohatlar uchun alohida avtomobil sotib olishning hojati yo'q, shunchaki to'g'ri tanlov qiling - Hyundai Staria. Avtomobildan oilaviy sayohatlar uchun ham, biznes avtomobil sifatida ham foydalanishingiz mumkin. Hyundai Staria'ning futuristik silueti yuqori texnologiyali nafislikni aks ettiradi, lekin bu shunchaki yangi dizayn estetikasi emas: avtomobil hashamatli minivenlar uchun belgilangan qoidalarni qayta belgilab, ularni o‘ziga xos sinfga aylantiradi. Hyundai Staria - bu minivenlarning kelajagi sari qo'yilgan ulkan qadam. Ushbu avtomobil oynasidan tashqaridagi dunyo yanada go‘zalroq ko‘rinadi..



Ro'yxatga qaytish