Rebranding. Rebrending
VKUSNO BY SEVA
Vkusno by Seva - O'zbekiston ayol va qizlari uchun birinchi oshpazlik studiyasi . Studiyamiz ochilganiga atiga 4 yil bo’lishiga qaramay, O'zbekistondagi birinchi, yagona va yetakchi oshpazlik studiyasi tarmog'i hisoblanadi. Ammo, avvalgi logotipimiz brendimizni yanada rivojlantirish va muvaffaqiyatli franshizani sotish uchun reglament me'zonlariga mos kelmas edi. Bundan tashqari, bizning logotipimizni o'zlashtirib o'zimizga sotmoqchi bo'lgan firibgarlarga ham duch keldik. Bizning esa maqsadlarimiz juda katta edi, O’zbekiston bozorida xorij taomlarini sifatini yaxshilash maqsadida muvaffaqiyatli franshiza sotishni rejalashtirgan edik.
Uzoq tahlildan so'ng biz logotipimizni rebrending qilish to'g'risida qaror qabul qildik. Bizning yo'nalishimiz bo'yicha biznes boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarning iltimosiga ko'ra, biz barcha talablarga mos keladigan va qonuniy mustahkamlangan yangi logotipli franchayzani ishga tushirdik. Biz, katta tajribamiz va muvaffaqiyatli biznes strategiyamizdan kelib chiqib, O'zbekiston bozorini rivojlantirish va har bir O'zbek oilasida muvaffaqiyatli biznes boshlash va ovqatlanishni yaxshilash imkonini beramiz. Va biz bu yutuqlarimiz bilan chegaralanib qolishni xohlamaymiz. O'zbekistonning har bir nuqtasida filiallarimizni ochish va o'zbek ayol-qizlarimizga shohona restoran taomlarini o'rgatish bizning oliy maqsadimiz!
Strategik o'zgarishlar natijasida, brendning qamrov ko'rsatkichlari yaxshilandi. Biz ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarimiz sonining keskin o'sishiga erishdik. YouTubedagi obunachilarimiz soni 170 000ga yetdi, Instagramda esa ular 700 000dan ham ko'p. Biz firibgarlarga dars berib, eski logotipimizni qaytarishga erishdik. Uch yil ichida biz Farg'ona, Qo'qon va Nukus shaharlarida o'z filiallarimizni ochdik. Hozirda esa Andijon, Namangan, Tojikiston hamda Qozog'iston shaharlaridagi filiallarimizni ochish harakati ketmoqda.