One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
PDP Academy
605 Agency
PDP Academy — 5 yillik tajribaga ega Oʻzbekistondagi eng yirik IT oʻquv markazlaridan. Akademiya metroda banner joylashtirib, IT sohasiga qiziquvchi auditoriyani jalb qilishni reja qildi. Muammo shundaki, odamlar reklamani doim eʼtibordan chetda qoldirishadi. Ayniqsa gavjum metrolarda.
Insayt:
Boʻlajak dasturchilar, boshqalar koʻrmaydigan mayda detallarga eʼtibor berishadi, chunki ular tanlagan soha shuni talab qiladi: kodlardagi har bir imloga eʼtiborli boʻlish lozim.
Biz muammo va insaytdan kelib chiqib auditoriyamizga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qildik: “Burningiz ostidagi imkoniyatni qoʻldan boy bermang”. Bannerlarni metroning oʻtish joylariga joylashtirdik.
Kampaniya boshlanganidan buyon bir oy ichida PDP Akademiyasi brend so'rovlari 2 baravarga oshdi.