Social. Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish
Avicenna's Lab
Oʻzbekistonda statistik maʼlumotlarga koʻra, qandli diabet bilan kasallanganlar soni yil sayin ortib bormoqda va 2030-yilga borib ularning soni 500 mingdan oshadi. Jahon tibbiyotining ushbu kasallikni tashxislash va davolashda erishgan yutuqlariga qaramay, bemorlar orasida og’irlashish va nogironlik holatlari tobora ortib bormoqda. Rivojlanayotgan davlat ekanligimizni inobatga olgan holda, asosiy muammolardan biri diabet kasalligining oldini olish va tashxis qo’yishda kechikishdir.
Yana bir dolzarb muammo erkaklar bepushtligidir. Bepushtlik tashxisi 1 yil ichida kontratsepsiyasiz muntazam jinsiy aloqada homila bo'lmasligida qo’yiladi. Erkaklarning bepushtligi muammosi endilikda nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Tug'ilishning buzilishi farzandsiz nikohlar, ajralishlar sonining ko'payishiga va demografik ko'rsatkichlarning yomonlashishiga olib kelmoqda.
Juftliklarning 25% ga yaqini 1 yil ichida homilador bo'la olishmayapti. Ular orasida 15% er-xotinlar bepushtlikdan davolanadi, ammo 5% dan kam juftlikning muammosi yechilmay qolyapti. Taxminan 40% hollarda erkaklar bepushtligi, 40% ayollar, yana 20% aralash bepushtlik kuzatiladi. 30-40% hollarda bepushtlikning sababini (idiopatik bepushtlik) aniqlash mumkin emas.
Aholi koʻp qismining notog’ri ovqatlanishi (trans yogʻlar va uglevodlarni koʻp isteʼmol qilish) moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi va barcha turdagi kasalliklar: qandli diabet, gepatoz, sirroz, artroz, artrit, gormonal oʻzgarishlar va boshqalarning rivojlanishi kuzatiladi.
Bizning ustuvor vazifamiz dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradigan hamda shu bilan birga nojo'ya ta'sirni kamaytiradigan, kelib chiqishi tabiiy, samarali va xavfsiz mahsulotlarni yaratish bo’ldi. Bundan tashqari, mazkur mahsulotlar butun organizmning bir maromda ishlashini ham ta’minlaydi.
“Avicenna’s Lab” kompaniyasining missiyasi: aholi salomatligini tabiiy, sifatli va samarali dori vositalari yordamida yaxshilashdan iborat.
Buyuk tabib va Tibbiyot qonunlarining asoschisi Avitsenna (Abu Ali ibn Sino) kompaniyaning haqiqiy ilhom manbaiga aylandi, uning shifo falsafasi esa kompaniyaning yo'nalishini belgilab berdi.
Tabiat sirlari, ilmiy tadqiqotlar va ko'plab amaliyotlar “Avicenna’s Lab”ni bir qator mahsulotlar: Lactovita, Androgard, Byutivit, D'oroflex, Osteolact, Lactovijn, Hepagreen yaratishga undadi.
Biroq, “Avicenna’s Lab” – bu faqat mahsulotlar emas, balki birinchi navbatda 200 dan ortiq mutaxassislardan iborat ahil jamoa degani. Ular uchun "sifat" so'zi, birinchi navbatda, iste'molchilar oldidagi mas'uliyatni anglatadi. Call-markaz mutaxassislari iste'molchilarga nafaqat mahsulotlar va turli kasalliklarning oldini olish muhimligi haqida ma'lumot berishadi, balki mahsulotni qabul qilish davrida mijozga yo'l-yo'riq ko'rsatadilar.
-