New. Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish
Androgard
Erkaklarning eng dolzarb muammosi bepushtlikdir. Bepushtlik tashxisi 1 yil ichida kontratsepsiyasiz muntazam jinsiy aloqada homila bo'lmasligida qo’yiladi. Erkaklarning bepushtligi muammosi endilikda nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Tug'ilishning buzilishi farzandsiz nikohlar, ajralishlar sonining ko'payishiga va demografik ko'rsatkichlarning yomonlashishiga olib kelmoqda.
Juftliklarning 25% ga yaqini 1 yil ichida homilador bo'la olishmayapti. Ular orasida 15% er-xotinlar bepushtlikdan davolanadi, ammo 5% dan kam juftlikning muammosi yechilmay qolyapti. Taxminan 40% hollarda erkaklar bepushtligi, 40% ayollar, yana 20% aralash bepushtlik kuzatiladi. 30-40% hollarda bepushtlikning sababini (idiopatik bepushtlik) aniqlash mumkin emas.
Bizning oldimizda bemorlarga farzand ko'rish va oilaviy baxtga erishishning tabiiy va xavfsiz usulini taklif qilish vazifasi turgan edi.
Televideniyedan foydalanishning asosiy g'oyasi shundaki, televizor hali ham aholini qamrab oluvchi eng samarali axborot manbai bo'lib qolmoqda. Televizor eng qisqa vaqt ichida iste'molchilarning maksimal sonini qamrab olish imkonini beradi.
Bizning videolavhalarimiz muammo (kasallik), mahsulot xususiyatlari haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi, qo'ng'iroq qilishga chorlaydi, lavhaning grafik mazmuni mahsulotning organizmga qanday ta'sir qilishini sodda tarzda tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, bizning tibbiy call-operatorlarimiz batafsil ma’lumot (mahsulot bilan tanishtirish, ehtiyojlarni aniqlash, mahsulot qabul qilish davrida mijozni yo’naltirish) berishadi.
1000 dan ortiq mamnun mijozlar, ularning aksariyati homilador bo'lishga muvaffaq bo'lishdi. Televizorda reklama ko’ruvchilar (18-75 yosh)ning qamrovi 99%ni tashkil qildi.
Sotishning o'sish FAKTI REJAdan 3 baravar oshdi.
Androgard va Byuti Vit yangi mahsulotlarining joriy etilishi asosiy mijozlar sonini 20% ga oshirdi.
Biologik faol qo‘shimchalar turkumida 2021-yil brendi.