One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
Lactovita
Qand miqdorini tushiruvchi qimmat dorilar mavjud bo’lishiga qaramay, hayot sifatining pastligi, nogironlik va diabet tufayli o'lim holatlari hozirgi kunda o'tkir muammo bo'lib qolmoqda.
Oldimizda bemorlarga qondagi glyukoza darajasini me’yoriga keltiruvchi, hech qanday nojo’ya ta’sirga ega bo'lmagan va oson hazm bo'ladigan tabiiy mahsulotni ishlab chiqish vazifasi turardi. “Avicenna’s Lab” kompaniyasi ajdodlarimizning tibbiyot qonunlariga murojaat qildi. Sharqning buyuk tabibi — Avitsenna (Abu Ali ibn Sino) ilhom manbaiga aylandi.
Ustuvor maqsadimiz bozorni sigir og'iz sutiga asoslangan, samarali ta'sirga ega bo'lgan, yuqori sifatli va hamyonbop mahsulot bilan to'ldirish edi.
Televideniyedan foydalanishning asosiy g'oyasi shundaki, televizor hali ham 40 yoshdan oshgan aholini qamrab oluvchi eng samarali axborot manbai bo'lib qolmoqda. Televizor eng qisqa vaqt ichida iste'molchilarning maksimal sonini qamrab olish imkonini beradi.
Bizning videolavhalarimiz muammo (kasallik), mahsulot xususiyatlari haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi, qo'ng'iroq qilishga chorlaydi, mijozlarning haqiqiy ijobiy fikrlarini ko’rsatadi. Bundan tashqari, bizning tibbiy call-operatorlarimiz batafsil ma’lumot (mahsulot bilan tanishtirish, ehtiyojlarni aniqlash, mahsulot qabul qilish davrida mijozni yo’naltirish) berishadi.
O‘zbekiston va MDH mamlakatlari bozorida Lactovita mahsulotiga o‘xshashi yo‘q. O'n minglab mamnun mijozlar mavjud, 2021-yilga nisbatan 2022-yilda mijozlar bazasi 200%ga o'sdi.
Kompaniyaning haqiqiy mijozlar fikrlaridan grafik ekspert va syujet lavhalar yo'nalishiga o’tilishi.
Biologik faol qo‘shimchalar turkumida 2021-yil brendi. O'zbekistonning barcha hududlarida brend mavjud.