One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
PDP University
605 Agency
PDP University Oʻzbekistondagi toʻlaqonli IT universitet. U yerda keraksiz va ortiqcha fanlar yoʻq. Talabalar IT sohasini boshlangʻich koʻnikmalardan boshlab, ilgʻor texnologiylargacha oʻrganishadi. Vazifa Universitet haqida qisqa va uning afzalliklarini sanab oʻtuvchi rolik tayyorlashdan iborat edi. Rolik asosiy savol: “Qaysi universitetga kirish kerak?” ga “PDP University!” deb javob berishi lozim.
Insayt:
Ota-onalar oʻz farzandlarining yaxshi institutga kirishini, diplomli boʻlib, yuqori maoshli ishda ishlashini istashadi. Ammo, IT yangi soha boʻlganligi uchun, ota-onalarda sohaga boʻlgan shubhalar yetarlicha: qanaqa soha oʻzi bu? kimlar oʻqitadi? qayerda va qancha maoshga ishlashadi?
Biz 50 soniyalik rolik yordamida PDP Universityʼning afzalliklarini sanab oʻtdik: xalqaro taʼlim, praktik oʻqituvchilar, shinam bino, bitiruvda yuqori maosh va hokazo. Eng asosiysi ota-onalarni qiynab kelayotgan “Farzandim qayerga oʻqishga kiradi?” degan savoliga javob bera oldik. Javobni ular oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi: PDP University!
Videorolikni 2 000 000 dan ortiq odam koʻrdi. PDP University ijtimoiy tarmoqlariga 10 000+ yangi obunachi qoʻshildi. Birinchi haftaning oʻzida talabalikka 2000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Sentabr oyigacha 523 ta abituriyent PDP University talabasiga aylandi.