One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
M-Exclusive
M-Exclusive
Tashqi reklama bozorida raqobat juda yuqori va bozor ulushini saqlab qolish uchun, reklama agentliklari tomonidan doimo birinchi bo'lish talab etilmoqda.
Ushbu muammoni hal etish uchun - biz yanada kreativ bo'lishga qaror qildik va 3D effektli videorolikni ishlab chiqdik. Ushbu videorolik balandligi 4 metr va uzunligi 20 metr bo'lgan egri LED ekranda (mebel do'koni tomida, Ko'kcha Darvoza va Nurafshon ko'chalari kesishmasida joylashgan) muqaddas Ramazon oyida (2022 yil, aprel) namoyish etildi. Kampaniyamizdan asosiy maqsad jamoamizning kreativ va innovatsion g’oyalari asosida odamlarni e’tiborini jalb etish va shu orqali agentligimiz bilan o‘z brendlarini reklama qilishga qiziqayotgan yangi mijozlarni jalb etish. Metriki: (1) ushbu LED-ekranda reklama xizmatlarini (tashqi reklama) ko'rsatish bo'yicha imzolangan shartnomalar sonining o’sishi; (2) 3D videolarni ishlab chiqishga qiziqish bildirayotgan kompaniyalar sonining o’sishi.
Tashkil etilgan marketing kampaniyasi natijasida (2022 yil avgust holatiga): – Ushbu LED-ekranda reklama xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar sonining o‘sishi o'tkazilgan kampaniyadan oldingi davrga (2022-yil, mart) nisbatan o‘rtacha oyiga (2022-yil avgust) 7% ga oshdi. - 5 ta kompaniya qiziqish bildirgan (qo‘ng‘iroqlar asosida), 1 ta kompaniya bilan 3D effektli videorolik yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.