Social. Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish
7 Saber
Chase Group
Сovid cheklovlarini hisobga olgan holda, mamlakatda madaniy va sport tadbirlarini rivojlantirishga e'tibor qaratish zaruriyati. COVID epidemiyasidan keyingi yilda 7SABER brendi mamlakatimizda sportni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda birinchi marta bo‘lib o‘tgan bodibilding va jismoniy sport bo‘yicha 12 Jahon chempionatini tashkil etishda ishtirok etish va shu yo‘l bilan mamlakatimiz inqirozdan muvaffaqiyatli chiqqani va xalqaro sport maydonlarida keng ko‘lamli tadbirlarni tashkil etish salohiyati mavjud ekanligini namoyon etish vazifasini o‘z oldiga qo‘ydi.
...O‘zbekiston Respublikasi Turizm vazirligi, Olimpiya qo‘mitasi, shuningdek, 7Saber brendi ko‘magida Toshkent shahrida jahon miqyosidagi sport tadbiri o‘tkazilishini e'lon qilish, uni tashkil etish, brendlash va o‘tkazish. 1. Tabdirning ijtimoiy tarmoqlarini yaratish va rivojlantirish: sportning qiziqarli turi sifatida bodibilding haqidagi ma'lumotlarni ommaga yetkazish, mahorat darslari o‘tkazish, mashhur sportchilar haqida videoroliklar yaratish. 2. Tadbir haqida e'lon qilish va uni yoritish: Reklama OAV, Led-ekranlar, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallar orqali omma e'tiboriga havola etib borildi. UZFBF Youtube-kanalida onlayn-translyatsiya. 3. Tadbirni noldan boshlab to‘liq brendlash. Chempionat logotipi, bannerlar, fotohududlar, tribunalar, taqdirlash marosimi uchun zarur atributlar yaratildi va tashkilotchi 7SABER'dan rag‘batlantiruvchi roliklar translyatsiya qilindi. 4. Mehmonlarni kutib olish va kelishlarini tashkillashtirish. 4 oktyabrdan 6 oktyabrgacha biz ishtirokchilar, delegatsiyalar va hakamlarning kelishi, yashashi va jo‘nab ketishlarini tashkillashtirdik.
Ommaning madaniyat va sportga qiziqishi ortib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar keng qamrovlarni ko‘rsatdi. Tadbir mamlakatdagi eng yirik arena – Humo Arenada tashkil etildi. Butun dunyodan 300 dan ortiq ishtirokchi va 150 ta delegatsiya tashrif buyurdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm vazirligi, Olimpiya qo‘mitasi va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov ko‘magida amalga oshirildi. Tadbir qamrovi: 6 000 tomoshabin tribunalarda va translyatsiya davomida qariyb 20 000 onlayn tomosha. Telegram-kanallar 7 315 000 nafar obunachilarni qamrab oldi. OAVda 20 ta maqola chop etildi. Ish jarayonida ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar va reklama kampaniyalari qamrovi 552 745 . Stories va postlarda tadbir haqida 1153 ta teglar va kamida 577 000 qo‘shimcha organik qamrov. Ijtimoiy tarmoqlar doirasida tadbir haqida 0% salbiy fikr.