Community. Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturini tuzish
Flowers Garden
M-Exclusive
So‘nggi paytlarda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda hududlarni obodonlashtirishga bo’lgan talab sezilarli darajada oshdi. Buning sababi nafaqat insonlarning o’z uylarida chiroyli va qulay bog’lar yaratishga bo’lgan istak, balki COVID-19 pandemiyasi davrida yuzaga kelgan noqulayliklardir. Bugungi kunda, “Flowers Garden” kompaniyasi tomonidan bir qator korporativ va davlat obodonlashtirish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo’lsa-da, kompaniyaning brendi xususiy sektorda ko’p tanilmagan. Ushbu loyihaning asosiy vazifasi maqsadli auditoriyani kengaytirish asosida savdolar hajmini oshirish - xususan, xususiy sektor auditoriyasi o'rtasida brendning nomini tanitish va ushbu auditoriyani qiziqtirish asosida manzarali daraxt va butalarning savdo hajmini oshirishdan iborat.
Ushbu muammoni samarali tarzda hal qilish maqsadida biz birinchi navbatda maqsadli auditoriyaning sotib olish xatti-harakatlarini o'rganib chiqdik - “Flowers Garden” savdo nuqtalarida do’kon sotuvchilari va xususiy landshaft dizaynerlari bilan ekspert suhbatlari o’tkazildi. Buning asosida, iste’molchilarning qaror qabul qilishiga ta'sir qiluvchi asosiy faktorlar aniqlandi. Manzarali daraxtlar va butalarni sotib olish qarorini qabul qilishda landshaft dizaynerining fikri ustunlik qilganligi sababli, landshaft-dizaynerlari orasida kompaniya xizmatlari to’g’risidagi xabardorlikni oshirishga (1-maqsad) va landshaft dizaynerlari o'rtasida sodiq munosabatlarni o'rnatishga (2-maqsad) yo’naltirilgan marketing kampaniyasini tashkil etishga qaror qilindi. Shunday qilib, loyihaning asosiy g'oyasi – vositachilar, ya’ni bog'bonlar va landshaft dizaynerlari, orqali manzarali daraxt va butalarni maqsadli auditoriya orasida savdosini oshirishdan iborat. Marketing kampaniyasi maqsadlariga erishish uchun kompaniya mahsulot va xizmatlari taqdimoti tashkil etildi - "Flowers Garden" (30.03.2022). Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan umumiy 115 nafar bog‘bon va landshaft dizaynerlari taklif etildi. Ulardan 100 nafari tadbirda ishtirok etdi. Kampaniya samaradorligini baholash uchun ko'rsatkichlar: (1) Kompaniyaning ko'rgazma zali (shourum)ga tashrif buyuruvchilar sonining o'sishi; (2) manzarali daraxtlar va butalarni savdo hajmining o'sishi; (3) manzarali daraxtlar va butalarni takroriy savdosining o'sishi (bog'bonlar va landshaftchilar tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi).
Ushbu marketing kampaniyasi natijasida: - 2022-yil Aprel-Iyul oylari (jami 4 oy) davomida rasmiy koʻrgazma zali (shourum)ga tashrif buyuruvchilar soni (Yangi hayot tumani, Oʻzar koʻchasi, 78-uyda joylashgan) 25% ga oshdi; - Rasmiy koʻrgazma zali (shourum)ga tashrif buyuruvchilar orasida, manzarali daraxt va butalar uchun narxlarini (прайс-лист) so‘raganlar soni 17% ga oshdi; - Manzarali daraxt va butalar savdosi 10% ga oshdi; - Manzarali daraxt va butalarning takroriy sotuvi 5% ga oshdi, bu mijozlarning (bog'bonlar va landshaft dizaynerlari) sadoqati oshganidan dalolat beradi; - Olmaliq shahridagi diler bilan shartnoma imzolandi; – Shuningdek, honaki gullar savdosi sezilarli darajada oshdi (2021 yilda – yiliga 2 ta yuk avtomobili hajmida sotuv bo’lgan bo’lsa; 2022 yilda – oyiga oʻrtacha 2 ta yuk avtomobili hajmida sotuv amalga oshirilyapti). Bunday o’sishning asosiy sababi, ko‘rgazma zali (shourum)da nafaqat manzarali daraxt va butalar, balki honaki gullar ham namoyish etilgan.