Gulnar Yaylimova

Gulnar Yaylimova

Turli biznes yo‘nalishlarida marketing va sotuvlar sohasida 18 yildan ziyod mehnat tajribasiga ega.

2021-yildan hozirgi kunga qadar, Gulnar “Coca-Cola Icecek” kompaniyasida ishlaydi, “CCI Turkmaniston”da, keyin “CCI Qirg‘iziston” marketing bo‘limiga rahbarlik qildi, 2022-yil aprelda “CCI O‘zbekiston”ga marketing direktori etib tayinlandi.

Tijorat marketing strategiyalari va portfel rejalarini ishlab chiqish, kompaniyaning amaliy maqsadlariga erishish uchun bozor va raqobat muhitini har tomonlama tahlil qilish asosida barqaror o‘sish uchun imkoniyatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.
CCI – ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha transmilliy kompaniya bo‘lib, Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Iroq, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Iordaniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Suriyada ish yuritadi.

“Coca-Cola” tizimidagi asosiy bottlerlardan biri o‘laroq, CCI “The Coca-Cola Company” gazlangan va gazlanmagan ichimliklarini ishlab chiqaradi, tarqatadi va sotadi. CCIda 10 000 atrofida xodim ishlaydi, kompaniya 11 mamlakatda jami 30 ta zavodga ega bo‘lib, 430 milliondan ziyod iste'molchilarga keng assortimentdagi ichimliklarni taklif etadi.

Ortga qaytmoq