Toshkentda “MAKON Marketing Forum 2023” to‘rtinchi xalqaro marketing biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

20-mayda “Hyatt Regency Tashkent”da yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalar top-menejerlari chiqish qiladilar, O‘zbekiston sharoitida samarali ishlovchi  marketing vositalari to‘g‘risidagi amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. 

Bu yil beshinchi bor o‘tkazilayogan Forumning asosiy vazifasi, har yilgi, allaqachon an'anaga aylanishga ulgurgan formatni qo‘llab-quvvatlashdir: yilda bir marta real tajriba va bilimga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy ma'ruzachilar mahalliy eng faol marketologlar va tadbirkorlar bilan uchrashadilar va o‘zlarining real keyslari va o‘tgan yildagi kuzatuvlarini hamkasblari hamda boshlovchi mutaxassislar bilan baham ko‘radilar.

“MAKON Marketing Forum 2023” – avvalo, professionallarning olg‘a yurish uchun zarur  bo‘lgan faol muloqoti, turli g‘oyalar va fikrlarni ifodalash maydoni demakdir. Bu – bir kunga marketingning eng samarali vositalari olamiga sho‘ng‘ish va indstriyaning dolzarb tendensiyalari haqida xabardor bo‘lish imkoniyatidir.

“MAKON Marketing Forum 2023”da qatnashish har kimga rivojlanishning yangi istiqbollarini ko‘rish va samarali marketing vositalari to‘g‘risidagi olingan bilimlarini amaliyotda qo‘llashda yordam berishiga amindirlar va Markaziy Osiyodagi yagona va eng keng ko‘lamli tarmoq tadbirini faol qo‘llab-quvvatlashga chorlaydilar.

Biznes-forum faoliyati yakunlanishi bilan “Yil brendi 2022” VI mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi, unda ochiq xalqona ovoz berish va uyushma ekspertlari hamda hamkorlarining ovoz berishi g‘oliblari e'lon qilinadi.

Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi.

Bosh hamkor – MEDIAPARK

Ortga qaytmoq