Roman Maslennikov

2022-yil 22-mayda, «MAKON Marketing Forum 2022» IV xalqaro marketing biznes-forumi doirasida «Vzrivnoy PR» agentligi direktori Roman Maslennikovning mahorat saboqlari bo‘ladi.

Roman Maslennikov – «Vzrivnoy PR» kompaniyasi (Rossiya) agentligi direktori, falsafa fanlari nomzodi. Yozuvchi, 106 ta kitob muallifi.

1998-yildan PRda, 2002-yildan boshlab «portlatuvchi PR»da. «Portlatuvchi PR» yo‘nalishini o‘ylab topgan.

Mijozlari: RalfRinger, MTS, SynergyUniversity, Y&R i BBDO, yetakchi reklama agentliklari, Matbaa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi, Ta'lim vazirligi, Rossiya prezidenti administratsiyasi, «Gudok» gazetasi, Klatz, My Gelato, IConn va IDrink, Ivagio, Bendes ilovalari, «Neskuchnie finansi», FoodBand, mebel «Belmarko», «Trans Link» tarjimalar agentligi, Blockchain Fund va NTF Global kripto-fondlar, InfoLife, Call Back Hunter franshizasi, «Supra» video-registratorlari, «Milabel» ich kiyimi, «Lumi Dolls» rezina ayollar uyi, «Misteriya» butigi, «Beauty Doctor» klinikasi.

Mahorat sabog‘i mavzusi – «Portlatuvchi piar»

Mintaqada eng mashhur va o‘z yo‘nalishida, tovar toifasida 1- raqamli bo‘lish yo‘llari, toki hozirgi va bo‘lajak xaridorlar xayoliga birinchi bo‘lib keling.

Sanasi: 2002-yil 22-may
Vaqti: 10:00 dan 14:00 gacha
Joyi: Hyatt Regency Tashkent

Mahorat sabog‘i kimlarga atalgan:

  • franshiza asoschilari va aksiyadorlari, qarorlar qabul qilish uchun –brendni nativ ilgarilatishning yakunida organik qamrovga ega bo‘lgan bu vositasi sizga aslida mos keladimi?
  • marketing direktorlari, marketologlar, SMM-mutaxassislari – ishchi kreativ vositalarni qo‘lga kiritish va «ekish» uchun
  • vazifalari doirasiga kreativlik kiruvchi barcha xodimlar
  • biznesni kreativ ilgarilatish uchun barcha miqyoslardagi tadbirkorlar

Dastur:

1. Ishtirokchilar bilan tanishish va mening tarixim – Rossiya va, shuning barobarida, jahon biznesidagi dahshatli qiyinchiliklar va inqirozlarni yengib o‘tib, piarga qanday kirib kelganim.

2. Reklama, marketing, piar va portlatuvchi piar nimasi bilan ajralib turadi – sodda so‘zlarda – barmoqda va misollarda.

3. Ajoyib vaziyat marketingini qanday uyushtirish mumkin. Amalga oshirilgan keyslarda va ishtirokchilardan jonli misollarda «Paradoks-kun tartibi-qadriyat» portlatuvchi piarining formulasi.

4. Kreativ g‘oya o‘ylab topishning 10 usuli.

5. Ham mahalliy, ham federal miqyosda OAVga kreativ g‘oyani qanday «ekish»ning 10 ta usuli

6. Matn sirlari. «Yorib yuboradigan» press-reliz, kompaniya tarixi, sensatsiyali syujet qanday yoziladi.

7. Video sirlari. Virusli video qanday olinadi.

8. Rossiya va xalqaro amaliyotdan ruhlantiruvchi PR-misollar, kitoblar va filmlar ro‘yxati.

Chiptalar – iticket.uz saytida

Orqaga qaytish