Kun brendi — Kia

17 Январь, 2024

E'tiboringizga «Kun brendi» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz


2023-yil davomida "Kia" brendi O‘zbekiston bozoridagi o‘z ulushining salmoqli darajada ortishini namoyish etdi. Sotuvlar hajmi 14 931 ta avtomobilni tashkil qildi, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan uch barobar ko‘pdir. Bu natija brend uchun O‘zbekistondagi rekord bo‘ldi.

Jumladan, beshinchi avlod "Kia Sportage" modeli jami 4965 dona sotildi va sotuvlar yetakchisiga aylandi. “K5” biznes-sedani ham ajoyib natijalar ko‘rsatdi – o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan sotuvlar 36% ga o‘sib, “Kia” rusumi xaridorlari orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinda ikkita yo‘ltanlamas – o‘rta o‘lchamli “Sorento” va ixcham “Seltos”. Restaylingdan keyin xaridorlar o‘rtasida yanada kuchliroq e'tirof va ishonchga ega bo‘lgan va eng kuchlilar reytingida yetakchi maqomlardan birini zabt etgan “Kia Seltos” modeli alohida e'tiborga molik.

2024-yilda «Kia» baravariga 6 ta yangi modelni bozorga chiqarishni rejalashtirgan, ular sirasida brend flagmani – to‘liq elektrda yuradigan, to‘la o‘lchamli «EV9» yo‘ltanlamasi (18 yanvardanoq sotuvga chiqariladi), ixcham va hamyonbop yo‘ltanlamas – «Sonet», shuningdek yangi gibrid model mavjud. Bundan tashqari, «Kia»ning 4 ta eng mashhur modeli 2024-yilda yangilanadi.


«Kia» brendi VI "2022-yil brendi" mukofotida xalq ovoz berishi va O‘zbekiston marketing uyushmasi ekspertlari va hamkorlarining ovoz berishi bo‘yicha, “Transport” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, 2023-yilgi O‘zbekiston brendlari va agentliklarining marketing samaradorligi yakuniy reytingida«Avto» segmentida birinchi o‘rinni oldi.

Yaqin istiqbolda «Kia» O‘zbekiston bozoridagi faoaliyatini kengaytirishni va o‘z maqomini mustahkamlashni rejalashtirgan. Brend bozorga yangi modellar olib chiqishni va mavjudlarini yangilanishni davom ettiradi, shuningdek mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga e'tibor qaratadi.