IMPEX INSURANCE
Impex Insurance sug'urta kompaniyasi 2021-yil oktyabr oyidan o'z faoliyatini boshlagan.
- 2022-yil mobaynida 53 232 ta mijoz bizga ishonch bildirdi, va yil davomida ularga kompaniyamiz tomonidan 9.08 mlrd so'm miqdorda sug'urta tovoni to'lab berildi. Kompaniyamizga «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan «uzA+» reytingi sertifikati taqdim etildi va bu sug'urta kompaniyasining doimiy rivojlanishga ega va to’lov qobiliyati juda yuqori ekanligini ko'rsatadi.
- Filiallarimiz soni 1 yil ichida 22 dan 52 taga yetdi va respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritishmoqda. Ustav kapitalimiz 25 mlrd so'mdan 35 mlrd ga oshirildi.
- Marketing yo'nalishida bir qancha targ'ibot ishlari amalga oshirildi. Fudbol bo'yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati translyatsiyasiga homiy tashkilotlar qatoridan joy oldik.
- 2022-yilda "Sug'urta xizmatlari" yo'nalishidagi TV reklama qiluvchi kompaniyalar reytingida TOP 5 talikka kirib 4-o'rinni egalladik.