Fidanza game club

Nominatsiya: Ko'ngil ochish
2022 yil uchun yutuqlar

"Fidanza" kompyuter klubimiz bu yil ko'plab cho'qqilarni zabt etdi. Biz maxsus maktablar uchun nogiron bolalar ishtirok etgan tadbirning asosiy va yagona hamkori bo'ldik. Ushbu tadbirda kibersport raisi Doniyor Jurayev, Yakuzadek taniqli bloger, hurmatli vazirlik xodimlari, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari va ta'lim vaziri ishtirok etishdi. Tadbir homiylari: Fidanza, UPG, Xalq ta’limi vazirligi, It Park, Uztelecom, Unicon soft, Uzinfocom, Itsm, Cybersport. Bosh sovrin televizor va Sony Playstation 5 o‘yin pristavkasi bo'ldi. Konsert hamkori Click.uz bo'ldi va unda Jah Khalib chiqish qildi Shuningdek, biz CS:GO bo'yicha o'z tadbirimizni o'tkazdik, unda asosiy sovrin Fidanza akkauntini naqd pul bilan to'ldirish, shuningdek, institut talabalariga Counter-Strike 1.6 bo'yicha musobaqa ham o'tkazdik, unda bosh sovrin Kubok bo'ldi. So'nggi bir yil ichida biz musobaqalarni tez-tez o'tkaza boshladik, mini-barimizni kengaytirdik va endi har bir qavatda muzlatkich bor, biz devayslar sifatini ham yangiladik, sodiqlik tizimi kengaytirdik, 3-qavatni ochdik va yangi hamkorliklarga tayyormiz.

Video:

Roʻyxatga qaytish