CHINOR MEDICAL CENTER
2022-yilda 360 dan ortiq bolalarda plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik amaliyotlari, va 700 dan ortiq kattalar va bolalarda LOR jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Shuningdek, 1500 dan ortiq maslahatlashuvlar o'tkazildi. Yil davomida «CHINOR MEDICAL CENTER» jamoasi 60 dan ortiq xayriya jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirdi, shuningdek, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan xayriya tadbirlarida faol ishtirok etib, 390 dan ortiq ko’riklar va 80 dan ortiq plastik va LOR jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi,. Markazimiz 2022-yilda Hindiston va Koreyaning xalqaro tashkilotlari bilan teletibbiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi, shuningdek, «Toshkent tibbiyot akademiyasi» va «Yevropa tibbiyot universiteti» bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Markazimiz tomonidan 2022-yilda Rossiya, Hindiston va Ozarbayjondan kelgan yuqori malakali jarrohlar ishtirokida 6 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, shuningdek, 4 ta mahorat darslari tashkil etildi. «CHINOR MEDICAL CENTER»ning 2022-yilda erishgan eng muhim yutuqlaridan biri bu, faqat bizning markazimizda amalga oshirilayotgan, quloq atreziyasi va mikrotiyalarni plastik jarrohlik yo‘li bilan davolashni joriy etilganligida.