ISHONCH

Nominatsiya: Savdo
2022 yil uchun yutuqlar

ISHONCH – maishiy texnika, elektronika va uy uchun mahsulotlar do‘konlar tarmog‘i. 2022-yilda yangi hududlarga chiqish bilan birgalikda kompaniya keng ko’lamli rebrendingni amalga oshirdi. Brendning asl konsepsiyasi jamoa ma’lum vaqt mobaynida ishlab kelayotgan printsiplar va qadriyatlarni aks ettirmayotgan edi; shu bilan birga, brend ma’nolari va uslubi nuqtai nazaridan yetarlicha moslashuvchan emas edi. Biz Ishonch kompaniyasiga oid uslubni tubdan o'zgartirishga qaror qildik. Biz faqat logotip yoki vizual kodni o‘zgartirishning o‘zi yetarli emasligini tushungan edik, bizga, keyinchalik kommunikatsiyalar, shu jumladan, bizning yangilangan uslubimiz uchun tayanishimiz mumkin bo’lgan brend platforma – o’z konstitutsiyamiz kerak edi. Brend platformamiz va rebrendingni ishlab chiqish uchun Depot agentligiga murojaat qildik, sababi o’z ishining ustalariga ehtiyojimiz bor edi. Jami bo’lib, ushbu loyiha ustida ishlash bir yarim yilga yaqin vaqt oldi. Ushbu muddat davomida Depot jamoasi tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi, bundan tashqari, birgalikdagi tadqiqodlar mamlakat ortida ham amalga oshirildi. Tadqiqodlar o’tkazish bosqichida biz O’zbekistonda, xususan, riteyl toifasida ikkita ahamiyatli muammo mavjudligiga e’tibor berdik: raqobatchilar osonlik bilan bir-birlarining uslubini nusxalab olarkan – bu bir, bozordan zamonaviy riteylga hali ravon o’tish amalga oshirilmagan – bu ikki. Ha, xaridlarni amalga oshirish uchun yanada qulayroq sharoitlar paydo bo’lgan, biroq insoniylik, e’tibor, aniqlik va jonlilik kabi tushunchalar yo’qolgan. Biz o’z oldimizga, birinchi navbatda, iste’molchilar marshrutida aks etadigan hamda xaridorlarga o’zini riteylda qulayroq xis etishga yordam beradigan rebrendingni o’tkazishni maqsad qilib olganmiz. Ushbu masalani hal qilsak, bizni nusxalash murakkabroq bo’lishini tushundik, sababi bu shunchaki tashqi o’zgarishlar emas, balki ichki transformatsiya ham. Natijada brend-platformaning “Truzbek” kabi ishchi nomi vujudga keldi. Ta’kidlab o‘tish joiz, bu yerda millat, yashash joyi yoki fuqarolikka ma’lum bir aloqasi mavjud emas. Тruzbek – bu inson, falsafa, printsip. Bu yangi fikrlash turi, siz yaxshi hayot boshlanishini kutmasdan, o‘zingiz uni hozirdan yaratishingiz. Bizning qo’shnimiz, ota-onamiz, do’stlarimiz Truzbek bo’lishi mumkin – ya’ni bu so’zda emas, balki harakatlari bilan atrofidagi olamni o’zgartiradigan insonlar. Brend sifatida Ishonch bunda yordam berib, hayot, biznes, ta’lim va shaxsiy rivojlanish uchun zamonaviy va qulay mahsulotlarni tanlashda yordam beradi. Bunga qo’shimcha tarzida biz riteylda kommunikatsiyalar tizimini ishlab chiqib, uning yordamida brend do’konlarda yanada qulay muhitni yaratishga intiladi – xaridorlar bilan muloqot qilishda, maslahatlar berishda. Truzbek konsepsiyasi merosni qayta anglash, yangi o‘zbeklar avlodini shakllantirish va shaxsiy qadriyatlar hamda shaxsiy ta’limni qo‘llab-quvvatlashga asoslanadi. Kompaniyaning firma uslubiga qaytar ekanmiz, tipografika, ranglar, shriftlar o’zgarganini aytib o’tmoqchimiz. Aydentika yanada tizimlashtirilgan, tushunarli va riteylga oid bo’ldi. Yashil rangni o’zgartirilmagan holda qoldirishga qaror qildik, chunki u bizning tashrif qog’ozimiz hisoblanadi. Shuningdek, Ishonch nomini saqlab qoldik, sababi u brendimizning yuragi

Video:

Roʻyxatga qaytish