vivo

Nominatsiya: Texnika
2022 yil uchun yutuqlar

O‘tgan yil davomida "vivo" kompaniyasi O‘zbekistonda bir qancha muhim yutuqlarga erishdi: FIFA 2022 homiyligi: Kompaniya Qatarda bo'lib o'tgan FIFA 2022 Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo'ldi. "vivo" o'z smartfonlari foydalanuvchilari o'rtasida chiptalar promo-asksiyasini o'tkazdi. Aksiyaning umumiy qamrovi 3 million kishini tashkil etdi va shulardan 776 kishi "vivo" smartfonlarini xarid qilish orqali ishtirok etdi. Foydalanuvchilardan 6 nafari g‘oliblikni qo'ga kiritib, Qatardagi Jahon chempionati finaliga yo‘l olishdi va u yerda unutilmas vaqt o‘tkazishdi. "vivo" kompaniyasi g'olib ishtirokchilar bilan ularning Qatarda bo'lgan sayohati va yutuq sifatida FIFA 2022 Jahon chempionati chiptalarini taqdim etuvchi promo-aksiyada ishtirok etishdan qanday taassurotlar olganligi borasida suhbat o'tkazdi. Barcha g'olib ishtirokchilar "vivo" kompaniyasiga bunday unutilmas taassurotlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. O‘zbekistonda fotoxrom qoplamali birinchi smartfon: 2022-yil mart oyida "vivo" kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi fotoxrom qoplamaga ega V23 seriyasini taqdim etdi. Ushbu texnologiya qurilmaning rangini atrof-muhitga qarab o'zgartirish imkonini beradi, bu esa uni foydalanuvchilar uchun yanada qiziqarli va jozibador qiladi. "XLEBUSHKINA" nomidagi 22-sonli mehribonlik uyiga yordam: “vivo” kompaniyasi Qurbon Hayiti bayramini tashkil etishda faol ishtirok etib, "XLEBUSHKINA" nomidagi 22-sonli mehribonlik uyiga yordam qo'lini cho'zdi. Ushbu tadbir doirasida yordamga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hayriya fondi yig‘ilib, turli xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Umuman olganda, "vivo" o‘tgan yil davomida O‘zbekiston bozoridagi faoliyatida yuqori darajadagi ijtimoiy mas’uliyatini va texnologik innovatsiyalarni namoyish etdi.

Video:

Roʻyxatga qaytish