CNC Electric

Nominatsiya: Ko'chmas mulk
2022 yil uchun yutuqlar

Electro Max Group XK O'zbekiston hududida past kuchlanishli elektr uskunalarni ulgurji tarzda yetqazib berishda yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya o'zining mijozlari uchun sifatli mahsulotlar yetqazib berish maqsadida, ishonchli ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya o'zining ekspertizasi va mijozlarga a'lo darajada xizmat ko'rsatishi bilan mag'rurlanadi. Bu esa, o'z o'rnida kompaniyani yaxshi biznes-hamkorga aylantiradi. Electro Max Group kompaniyasining maqsadi - mijozlarga sifatli va ishonchli mahsulotlarni taklif qilish, shu bilan birga, a'lo darajada xizmat ko'rsatish. Bundan tashqari, kompaniyani doimiy rivojlantirish, sotuvlarni rekord darajaga olib chiqish, mijozlar bazasini o'stirish hamda hodimlarning professionalizmi va kompetentsiyasini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Kompaniya o'z oldida aniq maqsadlar qo'yadi va ularni amalga oshirishga intiladi. Bu esa kompaniyani muvaffaqiyatga olib keladi. Electro Max Group o'zining malakali mutaxassislardan tashkil topgan jamoasi bilan faxrlanadi. Har bir hodim saralab olinadi va ularning malaka oshirishi hamda o'rganishi uchun mablag' ajratiladi. Bundan maqsad - har bir hodimdan yetuk mutaxassis tayyorlab, shu orqali mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish. Kompaniya har bir hodim hurmatda bo'ladigan va qadrlanadigan do'stona kollektiv yaratmoqda. Electro Max Group kompaniyaning farovonligi har bir hodimning farovonligi bilan uzviy bog'liq deb hisoblaydi va hodimlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga intiladi. Electro Max Group xususiy korxonasi 2022-yilda hayratlanarli o'sish ko'rsatdi va o'z sohasida yuksak natijalarga erishdi. Kompaniyada xizmat ko'rsatuvchi hodimlar tufayli Electro Max Group sotuvlarining hajmi 120% ga oshdi. Bu kompaniya tarixida juda muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Bundan tashqari kompaniya XVI Xalqaro "UzEnergyExpo - Energetika, Elektrotexnika, Energota'minot" ko'rgazmasida ishtirok etdi va o'zining eng yangi texnologiyalarini taqdim qildi. Bu bilan kompaniya yangi mijozlar va hamkorlarning e'tiborini tortdi. Bu muvaffaqiyatlar shunchaki tasodif emas, balki Electro Max Group o'z o'rnida mahsulotlar va xizmatning sifatiga, mijozlar bilan muloqotga alohida e'tibor qaratdi. Hodimlar mijozlar bilan muloqotni yaxshilash, yangi texnologiyalarni amalda qo'llash va jarayonlarning samaradorligini oshirish uchun qunt bilan mehnat qilishdi. Natijada, Electro Max Group mijozlar va hamkorlar tomonidan ko'plab ijobiy fikrlar eshitishdi, mahsulot va xizmatlar esa bozorda yanada ko'proq ommaga tanildi. Kompaniya o'zining e'tiborini sifat va samaradorlikda saqlagan holda, o'sishda davom etadi. Bundan tashqari, hodimlar soni 146% ga oshdi. Bu esa o'z navbatida, kompaniya boshqaruvi yangi imkoniyatlarga va o'z hodimlarining kelajagini qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi. Bu kompaniyaga yetuk mutaxassislar jamoasini saqlagan holda o'z sohasida o'sishda davom ettirishga imkon beradi. 2022-yilda Electro Max Group Toshkent shahrida yangi do'kon ochishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa mijozlarga sifatli va ishonchli mahsulotlarni sotib olish uchun yanada ko'proq imkoniyat yaratadi. Mahsulotlar assortimenti 300 SKU ga ko'paydi va bu mijozlarning talablarini samarali qondirishga yordam beradi.

Video:

Roʻyxatga qaytish