MEDION

Nominatsiya: Tibbiyot
2022 yil uchun yutuqlar

2022 yilda Medion klinikalar tarmog‘i 2500+ jarrohlik amaliyotlari, 105000+ konsultatsiyalarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirib, o‘zbekistonliklarning ishonchini yanada qozondi. Har oy klinikalarimizda eng yaxshi xorijiy mutaxassislar tomonidan bepul konsultatsiyalar va jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. Endilikda tibbiyot markazimizda imtiyozli toifadagi fuqarolar Tibbiy Sug‘urta Jamg‘armasi orderi asosida bepul jarrohlik yo'li bilan davolanishi katta yutuq hisoblanadi. 2022 yilning o‘rtalarida Medion Innovation klinikasida bolalar kardiojarrohligi bo‘limi ochildi. Klinikaning eng yaxshi mutaxassislari jamoasi har yili 500ga yaqin jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadigan mashhur rossiyalik kardiojarroh Yuriy Semenovich Sinelnikov boshchiligida barcha turdagi murakkab bolalar kardiojarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Masalan, 2022 yilda shifokor O‘zbekistonda birinchi bor uch oylik chaqaloqda kam uchraydigan tug‘ma yurak nuqsoni – umumiy arterial ustunni korreksiyalash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Shuningdek, 2022 yil oxirlaridan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bolalar kardiojarrohligini to‘liq bepul o‘tkazish imkoniyati tug'ildi. Imtiyozli toifadagi fuqarolar Tibbiy Sug'urta Jamg'armasi orderi asosida Medion klinikalar tarmog'ida jarrohlik yo'li bilan davolanish huquqiga ega. Katta jamoamizning mehnati tufayli Medion klinikalar tarmog‘i va shifokorlar bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik mukofotlarga sazovor bo‘ldilar. 2022 yilda Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasining mukofotiga ega bo‘lganimizni taʼkidlab o‘tish joiz. Shuningdek, tibbiyot markazi O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi ekspert hakamlar hayʼati xulosasiga ko‘ra, tibbiyot sohasida “Yilning eng yaxshi brendi – 2021” nominatsiyasiga sazovor bo‘lganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz.

Video:

Roʻyxatga qaytish