UZINFOCOM
“Yagona Integrator UZINFOCOM” 2002-yildan buyon zamonaviy va jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarni taqdim etib kelmoqda. Asosiysi — aholi hayotini yaxshilashga xizmat ko‘rsatadigan, davlat va biznes sohasida sifat darajasini oshirish maqsadida sifatli va o‘ziga xos mahsulotlarni yetkazib berishdir. 2022-yil uchun qisqacha bayonot keltiramiz: 25-aprel sanasida ZiyoNET ta’lim portali “Eng ko‘p asarlarni o‘zida jamlagan elektron platforma” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Ushbu mukofotni ZiyoNET ta’lim portali II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida qo‘lga kiritdi. 29-aprel kuni UZINFOCOM “.uz” domenning 27-yilligi munosabati bilan “ccTLD.uz” mobil ilovasini taqdim etdi. Ushbu mobil ilova bilan domen nomini nazorat qilish va boshqa foydali qurilmalarni qo‘llash imkoniyati yaratildi. 17-iyun sanasida Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi “Infosom”davlat korxonasi va UZINFOCOM o‘rtasida memorandum imzolandi. Iyul oyida esa kompaniya 30-sonli “Mehribonlik uyi”da ijtimoiy g‘amxo‘rlik va saxovat ko‘rsatib, o‘z tavallud sanasini rasman nishonladi. 2022-yil avgust oyida UZINFOCOM O‘zbekiston Respublikasi Axborot va kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga bolalarfondi.uz elektron platformasini tashkil etishdi. Mazkur elektron platforma ajratilgan sarmoyalarning shaffoflik va izchillik ravishda nazorat qilish imkonini beradi. UZINFOCOM kompaniyasi butun 2022-yil mobaynida “Armug‘on” mahallasiga 550 tupdan ortiq mevali daraxtlar va 1150 tup ko‘chatlar o‘tqazib, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda respublikamiz ko‘rkiga yanada o‘zgacha qiyofa berishda o‘z hissasini qo‘shdi. MyID biomerik identifikasiyasi doimiy va alohida e’tiborga loyiqdir. Bu O‘zbekistonda biometrik xizmatlarni ko‘rsatuvchi yagona va ilk milliy loyihadir. 2021-yil biometrik identifikasiya ishga tushirilishi bilan tijorat banklari, ulgurji bozorlar, marketpleyslar, davlat organlari, mobil operatorlar va boshqa tashkilotlar unumli foydalanishmoqda. 2022-yil hisobiga ko‘ra, biometrik tizimni rivojlantirish borasidagi yutuqlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. UZINFOCOM kompaniyasining tajribasi ortib bormoqda, tashqi aloqalar mustahkamlanmoqda va yildan-yilga mukofot va sovrinlar soni oshib bormoqda: IT-Village ochilish marosimi. Ayni shu kunlarda uning filiali ikkita viloyatda Urganch va Farg‘onada o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu IT-Village asosiy yo‘nalishi — raqamlashtirishni rivojlantirish va chekka hududlarda aholining axborot tizimi va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. MyID biometrik identifikasiya milliy loyihasi dasturi quyidagi xalqaro va mintaqaviy forumlarda ishtirok etdi: Toshkentdagi PLUS-Forum Londondagi Identity Week Qozog‘istondagi Digital Bridge 2022 Samarqanddagi ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 Toshkentdagi RIPE NCC Days Bu dasturning oqsoqlanmay rivojlanishi va sifat darajasi nafaqat statistik ma’lumotlar va hamkorlarning sonining oshishi balki munosib mukofot hamda sertifikatlar sonidan ham dalolat beradi: MyID tizimi “Yil loyihasi” tanlovida "Eng yaxshi biometrik identifikasiyasi loyihasi — 2022” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi va Global CIO tomonidan munosib taqdirlandi. Boshqaruv tizimi sertifikati va ikkita sertifikat O‘zbekiston Respublikasi axborot xavfsizligi talablariga ko‘ra muvofiqlashtirildi. 2022-yil MyID biometrik identifikasiyasi tizimi tarixida birinchi va eng zo‘r loyiha bo‘ldi. Oldinda mislsiz imkoniyat, ajoyib xorijiy loyihalar va keng ko‘lamli vazifalar turibdi. O‘zgarmas vektor tizimi — zamonaviy MyID biometrik texnologiyasi orqali turli biznes-rejalarni hal etish va xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada ishonchli va xavfsizroq qilishdir.