SAFIA

Nominatsiya: HoReCa
2022 yil uchun yutuqlar

Safia kompaniyasi - bu katta va do'stona oila. Bizning brendimiz deyarli har bir o‘zbekistonlikka tanish. Shunday ekan, biz o‘zimizni barchaga baxt keltirishga intiluvchi milliy brend deyishimiz ham mumkin. Ko'p yillik ishimis tufayli biz eng muhim e'tirofga ega bo'ldik - shirinlikxo'rlarimizning muhabbati va qo'llab-quvvatlashi. Bu muhabbat o'zarodir, shuning uchun bizning maqsadlarimiz yanada mukammalroq bo'lib bormoqda. Har yili bizga yangi yutuqlar olib keladi. Shunday qilib, 2022 yilda Safiada quyidagi muhim voqealar sodir bo'ldi: Markaziy Osiyodagi eng yirik qandolat fabrikalaridan birining ochilishi. Uning maydoni 18 000 kvadrat metr bo'lib, ishning 80 foizi esa qo'l mehnatidir. Biz robotlashtirilgan uskunalardan uzoqlashib, inson mehnati tomonga yurmoqdamiz, chunki faqat qo'l mehnati mahsulotimizning mukammal ta'mini kafolatlashiga ishonamiz. 28 ta yangi filiallarning ochilishi. Biz har bir oila o'zining sevimli pishiriqlari va shirinliklarini uyga yaqin joyda bahramand bo'lishi uchun doimo ishlaymiz. Xalqaro darajaga chiqish. 2022 yilda Qozog‘istonda 2 ta filialimiz o'z ishini boshladi. Endi biz uzoq va yaqin xorij mamlakatlari aholisining qalbini zabt etishni orzu qilmoqdamiz. Xodimlar soni 33% ga o'sdi. Biz kompaniyamizda ishlash uchun maqbul sharoitlarni yaratib kelmoqdamiz. Har bir xodim do'stona muhitda va murabbiylar ko'magida o'z karyerasini qurish imkoniyatiga ega. Korporativ ijtimoiy mas'uliyat bo'yicha loyihalarning rivojlanishi. Biz eng ekologik toza kompaniya bo'lishga intilyapmiz. Bizning misolimiz bilan kichik qadamlar yordamida ham atrof-muhitga qanday g'amxo'rlik qilishingiz mumkinligini ko'rsatmoqdamiz. 2022-yilda 28 tup ko‘chat ekdik, qog‘oz yig‘ish va qayta ishlash, axborot belgilarini targ‘ib qilish loyihasini yo‘lga qo‘ydik. Yangilangan saytni ishga tushirilishi. Siz har doim kompaniyamiz va yangi mahsulotlar haqida yangiliklarni bilib olishingiz, uyingizga yoki ofisingizga yetkazib berishni buyurtma qilishingiz uchun biz veb-saytimizni yangiladik. Endi bu har bir foydalanuvchi uchun oson, qulay va tushunarlidir. Safia Magazine birinchi korporativ jurnalining chop etilishi. Siz bilan kompaniya hayotidan, uning xodimlaridan qiziqarli voqealar va, albatta, mazali retseptlar bilan muntazam bo'lishish uchun korporativ jurnalni yo'lga qo'ydik. 500 ta bloggerlar bilan hamkorlik. 2022-yilda biz mahsulotlarimizni yangi auditoriyaga tanishtirish uchun turli sohalardagi inflyuenserlar bilan ishladik. Sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi loyihalarni qo'llab-quvvatlash. Biz marafonlarda faol ishtirok etamiz va homiylik qilib kelmoqdamiz, shuningdek, Safia Light sog'lom ovqatlanish shirinliklari qatorini targ'ib qilamiz. Ular ratsionini nazorat qiladigan va shirinliklardan voz kechishni istamaydiganlar uchun yaratilgan. Bu hali boshlanishi! 2023-yilda biz 100-chi filialimizni ochishni, qo‘shni mamlakatlarni zabt etishda davom etishni va har kuni mazali desertlar va pishiriqlar bilan sizni xursand qilishni rejalashtirganmiz.

Video:

Roʻyxatga qaytish