Axmad Oltin Jo‘ja
Axmad Oltin Jo‘ja restorani Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan bo‘lib, o‘z faoliyatini 2000-yilda boshlagan. Restoranimiz shu kunga qadar mijozlarga beminnat xizmat ko‘rsatib kelmoqda va tom ma’noda ularning mehri va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Hozirgi kunga kelib, Axmad Oltin Jo‘ja restorani 4ta zaldan iborat bo‘lib, bir-birini takrorlamaydigan dizaynga ega. Umumiy xodimlarimiz soni 300 ga yaqin kishini tashkil qiladi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ish vaqti soat 9:00dan 23:00gacha etib belgilangan. Maqsadimiz yanada kengayib, yurtdoshlarimizga baxt ulashishda davom etishdan iborat. Bu maqsad yo‘lida 2022-yilning o‘zida ham zalvorli ishlar olib borildi. Misol uchun, shu yil davrida restoranimiz binolarida to‘liq rekonstruksiya ishlari olib borildi va Axmad Oltin Jo‘ja logotipi rebrending qilindi.
Bu bilan cheklanib qolmasdan 2023-yilga mo‘ljallangan strategiyamizni bosqichma-bosqich amalga oshirishga harakat qilib kelyapmiz.