Artel

Nominatsiya: Texnika
2022 yil uchun yutuqlar

Artel - xaridorlar orasida ishonchlilik va samaradorlik bo'yicha yetakchi sifatida e'tirof etilgan yosh va jadal rivojlanib borayotgan maishiy texnika brendi. Artel brendining asosiy xususiyatlaridan biri 16 toifadan ziyod maishiy texnika, jumladan oshxona, uy va tozalash uchun maishiy texnikalar ishlab chiqarishi xisoblanadi. Barcha mahsulotlarimiz sizning xonadoningizni zamonaviy texnikalar bilan to‘liq jihozlash imkonini beradi. 2022-yil O’zbekiston miqyosida olib borilgan marketing tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Artel “Barakali Texnika”dan “Ishonchli va Barakali” brendga aylanishga muvaffaq bo’ldi. Brend o'zining aloqa strategiyasini brend ambasadorlarni jalb qilish orqali mustahkamladi. Teatr va kino aktrisasi Yulduz Rajabova va professional bokschi, 2020 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov Artel brend ambasadorlari sifatida kompaniyaning xaridorlarga yetkazmoqchi bo’lgan yangiliklarini samarali tarzda amalga oshirdilar. Brend ambasadorlar bilan hamkorlik texnika va insonlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir muammosini hal qilish, brendga sodiqlik va ishonchni oshirish hamda brend mahsulotlarining savdo ko’rsatkichlarini oshirish imkonini berdi. Sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar va televizor reklamasi uchun ishlangan bir qator reklama roliklari maqsadli auditoriya orasida ijobiy baholandi. TAF!2022 Toshkent xalqaro reklama festivalida “Taniqli shaxslar ishtirokidagi Reklama kampaniyasi” nominatsiyasida Yulduz Radjabova bilan hamkorlikda tayyorlangan sovitkich reklama kampaniyasi munosib taqdirlandi. 2022 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati arafasida Artel respublika miqyosida televizor bo'yicha reklama kampaniyasini boshladi. Brend ambassador Bahodir Jalolov ishtirokida video suratga olindi. Video parallel koinot va mamlakatimiz futbol yulduzlari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi g'oyasiga asoslangan bo’lib parallel koinot jamoasi ustidan g'alaba qozonishda hal qiluvchi personaj darvozabon rolidagi Bahodir Jalolov bo’ldi. Ushbu reklama kampaniyasining yana bir qismi sifatida Qatarda o'tkazilgan chempionatda bir qator taniqli o'zbek bloggerlari Artel brendi futbolkalarida chempionat fan-zonalaridan maqsadli auditoriyaga qarata yo’llagan videolarida Jaxon chempionatini Artel televizorlarida tomosha qilishni tavsiya qilishlari vatandoshlarimizda g’urur tuyg’usini uyg’otib ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab ijobiy e’tiroflarga sabab bo’ldi hamda yangi modeldagi Artel televizorlari savdosiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro miqyosda ham brend taniqliligini oshirishga imkon berdi. 2022-yildagi yana bir yorqin hamkorlik O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan oshpazi Baxriddin Chustiy bilan bo‘ldi. Artel oshxonasida suratga olingan “Ta’mlar simfoniyasi” loyihasi doirasida Baxriddin Chustiy o‘zining mualliflik retseptlari sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Hamkorlik natijasi oshpazning “TASHKENT INTERNATIONAL TOURISM FAIR” xalqaro yarmarkasida Artel oshxonasida mahorat darslari bilan ishtirok etishi bo‘ldi. Aloqa strategiyasini diversifikatsiya qilish doirasida Artel iste'dodli vaynerlar guruhi bilan hamkorlik qilib, mahsulotlar o’ziga xos, qiziqarli tarzda namoyish etilgan bir qator vaynlar yaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda juda ko'plab obunachilarga ega mashhur vaynerlar yangi auditoriyani jalb qilish va natijada brend mahsulotlari atrofida shov-shuvlar paydo qilgan ideal hamkorlar bo’lishdi. Hamkorlik doirasida qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda bir necha million martta ko’rilgan va repostlar qilingan xit videolar yaratildi. Sentyabr oyida YouTubeda 12 milliondan ortiq obunachiga ega bo'lgan mashhur texno-bloger Wylsacom nomi bilan tanilgan Valentin Petuxov bilan onlayn translyatsiya amalga oshirildi. Wylsacom Ohangaron shahridagi Artel televizor zavodida jonli efir o‘tkazdi va televizorlar ishlab chiqarilayotgan jarayon bilan shaxsan tanishdi. Wylsacom onlayn translyatsiya paytida mutaxassislar bilan birgalikda tomoshabinlarga barcha jarayon narsa qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi va tomoshabinlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya Rossiyaning M.Video savdo markazining “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida efirga uzatildi va atigi bir soat ichida 5 milliondan ortiq kuzatuvchilarni yig‘di. Artelning Rossiya bozorida keng miqyosda tarqalishi 2022 yil yozida Rossiya bo'ylab 1200 ga yaqin obyektlarni o'z ichiga olgan "M. Video-Eldorado" eng yirik maishiy texnika tarmog"iga kirib borishi orqali amalga oshirildi. Artel Rossiyada "M. Video-Eldorado" guruhi tomonidan 2022 yilning eng yaxshi texnologik brendlari va maishiy texnika va elektronika yangiliklari uchun tanlovida xalq orasida o’tkazilgan so’rovnomaning “yil kashfiyoti” nominatsiyasida g'olib chiqdi. Artel mamlakatimiz ekologiyasi bilan bog'liq masalalarda ham chetda qolmaydi. Buning isboti sifatida brendning 2022-yilda keng ko'lamli “Yashil makon” eko-aksiyasidagi 4 000 ta daraxt ko’chatlari ekish orqali qo’shgan xissasini keltirish mumkin. Artel doimiy ravishda oʻz iste'molchilarining tendensiyalari va ehtiyojlarini o'rganib, innovatsiyalar ustida ishlaydi, har bir uy uchun yangi dizayndagi ishonchli hamda foydali maishiy texnikalarni taklif qiladi.

Video:

Roʻyxatga qaytish