Wunderkind LC

Nominatsiya: Ta'lim
2022 yil uchun yutuqlar

Farg’ona viloyatining, Yaypan shahrida 2 ta filialga ega Wunderkind o’quv markazi ochilganiga atigi 3 yil bo’lganiga qaramasdan tumanda natijalari bilan til o’rganuvchilarning asosiy tanloviga aylangan va hozirda 1000 ga yaqin o’quvchiga ingliz tilini o’rgatib kelmoqda.

Asosiy auditoriyasi maktab o’quvchilari bo’lishiga qaramay IELTS, CEFR multilevel, Aptis imtihonlarida yuqori ballar (7.0, 7.5, B2, C1) olishiga yordam bermoqda.
Wunderkind o’quv markazi 2022 yilda ko’plab o’quvchilarning nafaqat O’zbekistondagi milliy universitetlar, balki Polsha, Koreya kabi davlatlarning xalqaro universitetlariga kirish orzusini amalga oshishiga ham sababchi bo’ldi.

Bularning asosiy sababi esa sifatli o’qitish tizimi va Mirzoulug'bek Yusupov (IELTS 8.0 va CEFR C1) boshchiligidagi katta tajribaga ega Wunderkind Jamoasi ustozlari deyishimiz mumkin.

Roʻyxatga qaytish