UZCARD

Nominatsiya: IT
2022 yil uchun yutuqlar

2022-yil UZCARD faoliyatidagi eng samarali yillardan biri bo'lib, u innovatsiyalar, yangiliklar va haqiqiy yutuqlarga boy boʻldi. Ularning ichida ta’kidlab o’tishimiz joiz bo’lganlardan biri, shubhasiz, NFC funktsiyasini qo'llab-quvvatlovchi yangi turdagi kartalarni ishga tushirish bo’ldi. Bank bo’limlarida qisqa vaqt ichida kartani rasmiylashtirish, progressiv optsiyalar to'plami va kontaktsiz to'lov xizmati – bularning barchasi yangi turdagi kartalar foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Shuningdek, 2022-yilda UZCARD to'lov tizimi xizmatlari toʻplamiga bir qator muhim qo'shimchalar kiritildi: * UZCARD PAY (smartfon yordamida kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirish uchun mobil ilova); * Paysend, Hanpass, GME Remit (xalqaro pul o'tkazmalar xizmatlari); * SMS orqali bankomatda naqd pul olish (Quant ilovosi yordamida). Barcha ilovalar muvaffaqiyatli birlashtirildi va ularni targ'ib qilish uchun turli tadbirlar o'tkazildi. Ulardan biri Paysend ilovasini targ'ib qilishga qaratilgan keng ko'lamli aksiya bo’ldi. Jamoat sohasida UZCARD "Yashil Makon" va nufuzli xalqaro ICT Expo 2022 ko'rgazmasida ishtirok etdi. O'tgan yili kompaniyaning ishini baholab, ishonch bilan shuni aytish mumkinki, natijalarning barchasi kompaniyaning qadriyatlarini aks etadi, hamda moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlash va foydalanuvchilarning qulaylik darajasini oshirishga qaratilgan.

Roʻyxatga qaytish