35' Health Clubs
Bizning loyihamiz - 35' Health Clubs sog'lomlashtirish klublari tarmog'i - "Yil brendi" mukofotiga loyiq!
2022-yil yanvar oyida biz Germaniyaning MILON franshizasi ostida sog‘lomlashtirish klubi loyihasini ishga tushirdik, bu qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda eng tez rivojlanayotgan sog‘lomlashtirish klublari tarmog‘iga aylandik. Bugungi kunda Toshkent shahrida 7 ta klub tashkil etganmiz va bu yil yana 15 ta klubni ochib, viloyatlarimiz, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bozorlariga chiqishni rejalashtirdik. Shuningdek, biz 2022-yil noyabr oyida muvaffaqiyatli rebrendingni amalga oshirdik va birinchi o‘zbek xalqaro “35’ Health Clubs” franshizasini yaratdik.
Ammo muvaffaqiyatimiz tez va osonlik bilan kelmadi. Biz xorijiy franchayzing cheklovlari bilan ishlashda ko'plab to'siqlar va qiyinchiliklarga duch keldik va loyihamizni mentalitetimiz va ma'daniyatimiz asosida rivojlantirish uchun doimiy ravishda yangi g'oyalar va yechimlarni qidirdik. Biz shug'ullanuvchilar bilan qanday ishlashni, operatsion jarayonlarni o'rnatishni va hamkorlar bilan to'g'ri munosabatlarni o'rnatishni o'rgandik. Biz bozorni va auditoriyamizning ehtiyojlarini yaxshilab o'rganib chiqdik va yaxshiroq va yaxshiroq bo'lishga intilamiz
Ijtimoiy ma'suliyatni unutmadik. Biz turli xayriya tashkilotlariga, kam taminlarga yordam berdik va yordam berishda davom etamiz, 50 yoshdan oshganlar uchun doimiy chegirmalar taqdim etamiz. Biz bu nafaqat a'zolarimiz, balki butun jamoamiz uchun muhim ekanini bilardik. Har kuni biz o'z brendimizni keyingi bosqichga olib chiqamiz, marketing va savdo guruhimiz to'liq quvvat bilan ishlamoqda.
Noyob loyihamiz salomatlik va fitnes sohasidagi mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘lgani hamda jamiyatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan faxrlanamiz. Ishonchimiz komilki, bizning vazifamiz – O‘zbekiston aholisi salomatligini mustahkamlash – “Yil brendi” mukofotiga munosibdir. Biz loyihamizni takomillashtirish ustida ishlashda davom etamiz va yangi qiyinchiliklarga tayyormiz.
Bizning hamjiyatimizga qo'shiling va biz bilan sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qiling!