Belissimo Pizza — TAF!24 Toshkent reklama festivalining rasmiy hamkori

25 Сентябрь, 2024

Belissimo Pizza — O‘zbekistondagi eng yirik pitsseriyalar tarmog‘i bo‘lib, missiyasi quvonch uchun ko‘proq sabablar yaratishdan iborat. 2015-yilda ta'sis etilgan kompaniya jadal kengaydi va bugungi kunda butun respublika bo‘ylab 60 dan ortiq restoranlarni boshqarmoqda. Tarmoq, har kim shinam muhit va tengsiz ta'mdan lazzatlana olishi uchun, hamyonbop narxlarda, barra va sifatli masalliqlardan tayyorlangan keng assortimentdagi pitssa va taomlarni taklif etadi.

Belissimo Pizza faoliyati davomida o‘zining ochiqligi, shaffofligi va standartlarga qat'iy amal qilishi tufayli mehmonlarining ishonchini qozondi.
Belissimo Pizza O‘zbekistondagi tez taomlanish restoranlari orasida birinchilardan bo‘lib "Halol" sertifikatiga ega bo‘lgan. Mashhur yeguliklari sirasida Donar pitssa bor bo‘lib, barcha go‘shtsevarlar uni tatib ko‘rishlari kerak.

Shinam restoranlardan tashqari, Belissimo Pizza mobil ilovalar, sayt va telegram-bot orqali yetkazib berish uchun qulay raqamli platformalarga ega. Elektrokarlardagi bepul yetkazib berish — tabiat hamda mijozlarga qulaylik haqidagi g‘amxo‘rlik sari tashlangan qadam. Bellissimo Pizza ularning ehtiyojlariga asoslanib, klassik retseptlarni milliy an'analar bilan uyg‘unlashtiradi va pitssa tayyorlashga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etadi.

Telegram | Instagram | Website