MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

MARKETING ASSOCIATION OF UZBEKISTAN

Mamlakatning eng yaxshi brendlari “2020 yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandilar

24 Май, 2021

Mamlakatning eng yaxshi brendlari “2020 yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandilar

2021-yil 22-mayda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida to‘rtinchi “2020-yil brendi” mukofotining O‘zbekiston Marketing uyushmasi ekspertlari talqini va iste'molchilar o‘rtasidagi ochiq ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlashning tantanali marosimi o‘tkazildi.

“2020-yil brendi” har yilgi mukofoti joriy yil aprel oyida ochiq ovoz berish davomida o‘z ovozlarini bergan 200 000 dan ziyod iste'molchilarning fikrlari bo‘yicha eng yaxshi brendlarni jamladi. Eslatib o‘tamiz, Mukofot bilan o‘tgan yilda O‘zbekiston bozorida o‘z marketing ilgarilatishini muvaffaqiyatli amalga oshirgan eng faol kompaniyalar taqdirlanadilar. Loyihadan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Aynan shu maqsadda, 24 ta nominatsiya bo‘yicha iste'molchilarning ochiq ovoz berishi aprel va may oylarida ovoz berish hamkori, “CkickMe” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan @makon band_bot Telegram-botida o‘tkazildi. Parallel ravishda, 2021 yil may oyida Uyushma, “DE FACTO” marketing agentligi bilan hamkorlikda, Uyushma a'zolari, hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida onlayn-ovoz berish o‘tkazdi. Jami ekspert ovoz berishida Uyushmaning 160 nafar eksperti va a'zosi qatnashdi.

Taqdirlash marosimi tadbirning hamkorlari uchun beshta maxsus sovrin g‘oliblarini e'lon qilishdan boshlandi.

2020-yildagi O‘zbekistonda marketingni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi – “AKFA Group”

2020-yilning eng ijtimoiy yo‘nalgan banki – “Kapitalbank”

O‘zbekiston ko‘chmas mulk yangi bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi – “MJ Developers”

2020-yildagi O‘zbekiston sug‘urta bozori yetakchisi – “Uzbekinvest”

2020-yildagi pandemiya davrida yuksak ijtimoiy mas'uliyat uchun – “Hayat medical centre”

Joriy yilda Uyushmaning MAKON Marketing YouTube-kanali orqali tadbirni kuzatgan marosim tomoshabinlari soni 10 000 nafardan oshdi. Bu hol iste'molchilarning eng yaxshi tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari to‘g‘risidagi axborotga qiziqishlari o‘sib borayotganiga dalolat qiladi.

Mukofot g‘oliblarini taqdirlash marosimida 24 ta nominatsiyada ikkitadan g‘olib e'lon qilindi. Shuningdek, ikkita nominatsiyada, ovozlar soni teng kelib qolgani sababli, iste'molchilar tanloviga ko‘ra birinchi o‘rin ikkita kompaniyaga nasib qildi.

1.Energetik ichimliklar

Iste'molchilar tanlovi – FLASH

Ekspertlar tanlovi – Adrenalin Rush

2. Shirin–gazlangan ichimliklar

Iste'molchilar tanlovi – Coca - Cola

Ekspertlar tanlovi – Soca-Cola

3. Mineral ichimlik suvi

Iste'molchilar tanlovi – Hydrolife

Ekspertlar tanlovi– Montella

4. Kir yuvish vositasi

Iste'molchilar tanlovi – Ariel

Ekspertlar tanlovi – Persil

5. Qandolat

Iste'molchilar tanlovi – Nestle

Ekspertlar tanlovi – Mars

6.Kolbasa mahsulotlari

Iste'molchilar tanlovi – Rozmetov

Ekspertlar tanlovi – Promeat

7. Qahvaxonalar

Iste'molchilar tanlovi – Safia café&bakery

Ekspertlar tanlovi – Chaykof

8. Tamaddixona / Tezpishar taomlar restoranlari

Iste'molchilar tanlovi – EVOS

Ekspertlar tanlovi – EVOS

9. Yeguliklar yetkazish xizmati

Iste'molchilar tanlovi – Express 24

Ekspertlar tanlovi – Express 24

10. Maishiy texnika

Iste'molchilar tanlovi – Samsung

Ekspertlar tanlovi – Samsung

11. Kreditga maishiy texnika sotish do‘konlari

Iste'molchilar tanlovi – Ishonch

Ekspertlar tanlovi – Texnomart

12. Yengil avtomobillar

Iste'molchilar tanlovi – Chevrolet

Ekspertlar tanlovi – Hyundai

13. Sug‘urta kompaniyalari

Iste'molchilar tanlovi – Gross Insurance

Iste'molchilar tanlovi – O’zbekinvest

Ekspertlar tanlovi – Gross Insurance

14. To‘lov tizimlari

Iste'molchilar tanlovi – PAYME

Ekspertlar tanlovi – Apelsin

15. Chet tillar kurslari va o‘quv markazlari

Iste'molchilar tanlovi – Everest Education

Ekspertlar tanlovi – Cambridge Learning Center

16. Biznes-kurslar

Iste'molchilar tanlovi – Najot ta'lim

Ekspertlar tanlovi – Alpha Education

17.Bank xizmatlari

Iste'molchilar tanlovi – Hamkorbank

Ekspertlar tanlovi – Kapitalbank

18.Oliy ta'lim muassasalari (universitetlar)

Iste'molchilar tanlovi – Qo‘qon universiteti

Iste'molchilar tanlovi – Yeoju Technical Institute

Ekspertlar tanlovi – Westminster International University in Tashkent

19.Mobil operatorlar

Iste'molchilar tanlovi – Beeline

Ekspertlar tanlovi – Humans

20.Internet-provayderlar

Iste'molchilar tanlovi – Uzonline

Ekspertlar tanlovi – Sarkor Telecom

21.Yangiliklar internet-saytlari

Iste'molchilar tanlovi – kun.uz

Ekspertlar tanlovi – gazeta.uz

22.Xususiy tibbiyot markazlari

Iste'molchilar tanlovi – AKFA Medline

Ekspertlar tanlovi– AKFA Medline

23.Developerlar

Iste'molchilar tanlovi – Murad Buildings

Ekspertlar tanlovi – Golden House

24.Oziq-ovqat chakana savdosi

Iste'molchilar tanlovi – korzinka.uz

Ekspertlar tanlovi – korzinka.uz

Maxsus nominatsiyalar:
O‘zbekiston marketingi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun
Hasan Mamasaidov
Husan Mamasaidov

Yil shaxsi
Samir Axmetzyanov

Yil kashfiyoti
HAVAS

Ham iste'molchilar o‘rtasida, ham brendlar o‘rtasida Mukofot ochiq ovoz berishiga bildirilgan katta qiziqish uning bozor uchun dolzarb ekanligiga dalolat qiladi. keyingi “Yil brendi” mukofoti 2022-yil bahorda o‘tkaziladi. Uyushmaning MAKON Marketing YouTube-kanaliga obuna bo‘ling. Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda foydali axborotni kuzatib boring: Facebook, Instagram, Telegram, YouTube.

Mukofot tashkilotchilari – O‘zbekiston Marketing uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Bosh hamkor – AKFA Group