Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Konditsioner PREMIER Forever


  • Nominatsiya:

    Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya

  • Brend

    PREMIER

Muammo

PREMIER kompaniyasi O’zbekistonda tashkil topib rivojlanayotgan yangi brend. Odamlarga ko’ngildagidek hizmat ko’rsatish hamda o’zimizni nomimizni tanitish uchun yangi texnologiyalarga e’tibor berishni oldimizga katta maqsad qilib qo’ydik. Shu o’rinda alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda dunyoga mashhur bo’lgan bir qancha konditsioner brendlari mavjud, lekin ular har doim ham mahalliy sharoitni xisobga olishmaydi. Elektr kuchlanishi past yoki tez-tez uzilib turadigan joylarda konditsionerlarning ishlash imkoniyatlari keskin pasayib ketadi. ASOSIY MUAMMO: ELEKTR KUCHLANISHINING PASTLIGI Odamlarga qulaylik yaratish maqsadida elektr kuchlanishi past bo’lgan joylarda ham ishlaydigan PREMIER Forever konditsionerlari bilan bizning brend yangilik va yechim sifatida kirib keldi.


Yechim

Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun mahsulotni iste’molchilarga tanitishimiz kerak edi. Reklama brend nomini hamda mahsulotni xalq orasida ommalashtirishga yordam berishini hisobga oldik. Shu sababdan biz televideniyaning 14 telekanallarida hamda qo’shimcha ravishda Qoraqalpog’istonning mahalliy telekanalida, 9 joyda joylashgan LED ekranlarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlar orqali) ommaviy reklamalar berishni qaror qildik. Reklamada konditsioner past elektr kuchlanishi kabi asosiy muammoni hal etishi, ya’ni past elektr kuchlanishda (80 Volt) ham ishlay olishini ta’kidlab o’tdik. Bu esa O’zbekiston bo’ylab brend nomini hamda mahsulotimizni tanitishga imkon berdi.


Natija

PREMIER Forever konditsionerlarining sotilishi biz kutganimizdan ham yuqori natijalarni berdi. Natijalar 100% samarali bo'ldi. 7-8 oy ichida sotilishi rejalashtirilgan PREMIER Forever konditsioneri atigi 2 oy ichida sotilib ketdi. Televizion va ijtimoiy tarmoqlardagi reklama natijasida rasmiy saytimizga tashriflar soni 30% ga oshdi. Shuningdek, call-markazga qo'ng'iroqlar soni 50% ga ko’tarildi. Respublika bo’ylab shahar va tuman markazlarida o’tkazilgan so’rov natijalari 50% respondentlar bizning brend va mahsulotimizni bilishini aytishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko’rishlar 480 000 dan yuqori bo’ldi.



Ro'yxatga qaytish