Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
SamAuto
Nafaqat noma'lum modelning, balki avtomobilning noma’lum turining - pikapning O'zbekiston bozoriga chiqarish. 2019 yil 27-noyabrda ISUZU D-Max pikapining taqdimoti haqidagi yangiliklar qamrovi
ISUZU D-Max pikapi modellari qatorining keng ko'lamli va o’ziga xos taqdimoti: 7 xil rangdagi 3 ta modifikasiyasi. Taqdimot butun bir interaktiv tomoshaga aylandi, unda taklif qilingan barcha mehmonlar ishtirok etdilar. Kulminatsion payt - pikapning muhim sifatlari sahnadagi majoziy o’xshatishlar yordamida tasvirlanadi: “kuchli” - sahnada og`ir vaznli sportchi shtanga ko`taradi, "nafis" - sahnada badiiy gimnastikachilar, "epchil" - sahnada parkur (to’siqlarni yengish epchilligi) mahorati namoyish etiladi, "uyg`un" - sahnada skripkachi musiqa chaladi, "zamonaviy" – dizaynerlar tomonidan tayyorlangan kiyimlardagi modellar, "dinamik" - raqqoslar guruhi ritmli harakatlarni amalga oshiradi. Pardalar ko'tariladi - ISUZU D-Max pikaplari "o'z jihatlarida" namoyish etilgan.
Taqdimotga 500 nafar mehmon tashrif buyurdi, ulardan 14 nafari yuqori martabali shaxslar, 99ta mahalliy kompaniya, 18ta xorijiy kompaniyalar, shuningdek jurnalistlar, blogerlar, fikr yetakchilari, alfa-konsyumerlar tashrif buyurdi. Taqdimotning yakuniy qamrovi: 5 000 000.