Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Eleonce- soch bo'yog'i


  • Nominatsiya:

    Integratsiyalangan kampaniya

  • Brend

    Eleonce

Muammo

Mahsulotimiz Eleonce-bu yuqori sifatli import qilinadigan xom ashyolardan, Yevropa texnologiyasi bo'yicha ishlab chiqarilgan uzoq muddat saqlanuvchi soch bo'yog'i. 2020 yildagi karantinga qaramay, biz bozorni faol ravishda zabt etishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.


Yechim

Biz Eleonce soch bo’yoqlaridan foydalanadigan mijozlarning sodiq jamoasini yaratish uchun mintaqalardagi distribyutorlar, stilistlar va iste'molchilar bilan faol hamkorlik qilishga qaror qildik. Distribyutorlar uchun qulay hamkorlik shartlari ishlab chiqilgan. Stilistlar uchun professional masterlar ishtirokida bir qator mahorat darslari tashkil etildi, ular o'zgarishni xohlagan qizlar yordamida soch bo'yoq ta'sirini aniq ko'rsatib berishdi. Tadbir so'ngida har bir ishtirokchiga sertifikat va brendimiz sovg'alari topshirildi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlari mutaxassislar bilan individual maslahatlashish imkoniyati bo'lgan aloqa kanali sifatida tanlangan. Shu jumladan, sovrinli lotereya aksiyalari yo’lga qo’yildi. Masalan, uchta g'olib uchun 5 ta bepul soch bo’yog’i va bizning vakilimiz bo'lgan barcha hududlarda bitta g'olib uchun to'liq bo'yanish (soch kesish, bo'yash, soch turmaklash va bo'yanish). Qizlar bizning mahsulotimizni sinab ko'rishlari uchun butun mamlakat bo'ylab bepul yetkazib berish aksiyasi ham o'tkazildi. Bu harakatlarning barchasi bizga distribyutorlardan tortib to oxirgi iste'molchilargacha ishonchli hamjamiyat yaratishga yordam beradi.


Natija

Tinimsiz harakatlarimiz tufayli mahsulot savdosi va mahsulotdan xabardorlik jarayonlari o'sib bormoqda. Va eng muhimi, biz muntazam ravishda mahsulotimizni sinab ko'rgan mijozlar va stilistlardan ijobiy fikrlarni qabul qilayapmiz. Iste'molchilar bizning soch bo'yog'imizni do'stlari va qarindoshlariga tavsiya qilib, kelajakda mahsulotimizni sotib olib doimiy xaridorlarimizga aylanishayapti. Kompaniya mijozlarga yo'naltirilgan yo'lni tanladi, bu esa keyingi o'sishni ta'minlaydigan sodiq mijozlar bazasini yaratadi.



Ro'yxatga qaytish