Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
DROPEX
2020 yil barcha tadbirkorlar uchun qiyin yil bo'ldi. Butun O'zbekiston o'zini yakkalash rejimiga o’tgandi. Bunday vaziyatda parfyumeriya mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj keskin kamaydi. Kompaniyamiz asosan parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgani uchun biz bir muddat ish faoliyatini yuritmaslikka majbur bo'ldik. Pandemiya tufayli talab va bozor tendentsiyasi o'zgara boshladi. Dorilar, niqoblar va antiseptiklarga talab keskin oshdi.
Shoshilinch harakat qilishimiz kerak edi. Bor yo’g’i 23 kun ichida yangi Dropex brendi ishlab chiqildi. Biz tez orada parfyumeriya ishlab chiqarish jarayonidan antiseptik vositalarini ishlab chiqarish jarayoniga o’ta oldik. Biz mutlaqo yangi mahsulotimizni bozorga chiqardik. Mahsulotimizni bozorga iloji boricha tezroq tanishtirishimiz kerak edi. B2B sigmenti uchun yangi mahsulotni reklama qilish birgina aloqa kanali orqali amalga oshirildi. Biz OLX platformasidan foydalandik.
Qisqa vaqt ichida kompaniya yangi mahsulotni sotishga muvaffaq bo'ldi. Bizning mahsulotimiz bozorda eng ishonchli mahsulotlardan biri sifatida tan olindi. Minimal darajada ajratilgan marketing sarmoyasi B2B sektoriga yangi mijozlarni jalb qilishga yordam berdi. OLX platformasidagi bir nechta reklama postlari bizga katta savdolarni taqdim etdi. Kompaniya nafaqat barcha xarajatlarini qoplay oldi, balki pandemiya davrida ham kompaniya uchun mo’may daromad keltirdi.