Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Nest One - Mustaqilligimizning 30-yilligi muborak bo’lsin!


  • Nominatsiya:

    Milliy qadriyatlar ishtirokidagi kampaniya

  • Brend

    Nest One

Muammo

Bugungi kunda qurilish kompaniyalari bozori tobora kengayib bormoqda. Murad Buildings - bu bozorda yetakchilardan biri. Bir necha yillardan buyon kompaniya Markaziy Osiyodagi eng baland osmono'par binoni qurib kelmoqda, bu albatta shahrimizning va umuman mamlakatimizning eng yaxshi me'morchilik namunalaridan biriga aylanadi.


Yechim

Agentlikka O'zbekistonning Mustaqillik kuniga bag'ishlangan reklama kampaniyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Biz musiqiy kompozitsiyalar (O'zbekiston Respublikasi madhiyasi, xalq qo'shiqlari) va raqs tomoshalari yordamida milliy madaniy qadriyatlarimizga e'tibor qaratgan holda, juda samarali videoklip suratga olishga muvaffaq bo'ldik. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning nutqi va orkestr ijrosidagi Davlat madhiyasi aks etgan ta'sirli kadrlar ham bayramona muhitni yetkazdi.


Natija

Reklama kampaniyasi natijasida loyiha o'zbek madaniyatining merosini yoritishga muvaffaq bo'ldi va bundan tashqari, tomoshabinni befarq qoldirmay, eng ko'p muhokama qilingan videorolikga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p izohlar keldi. Facebook va Instagram foydalanuvchilari izohlarda va shaxsiy xabarlarda brendni juda ko'p o'zaro tabriklarni junatishdi.



Ro'yxatga qaytish