Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

101-REYS - Haqiqatni bilib olasiz


  • Nominatsiya:

    Integratsiyalangan kampaniya

  • Brend

    101-REYS

Muammo

«101-REYS» - rejissyor Akrom Shaxnazarov va prodyuser Ravshan Norboevlarning HY101 reysi va kapitan Zarif Saidazimovning nafaqaga chiqishidan oldingi oxirgi parvoz haqidagi avtobiografiyasiga asoslangan o'zbek biografik dramatik filmi. Agentlikka filmni targ'ib qilish strategiyasini ishlab chiqish (rasmiy veb -sayt, Vikipediya, ijtimoiy tarmoqlar, tizerlar, kadr orti, logotip, korporativ aydentika) va O'zbekistonning taniqli shaxslari ishtirokida reklama kampaniyasini tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi.


Yechim

Filmning logotipi, aydentikasii, reklama uchun posterlar, tomoshabinlar bilan muloqot strategiyasi ishlab chiqilgan. Mahalliy va xorijiy auditoriyani maksimal darajada jalb qilish uchun film uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, rasmiy veb -sayt va Vikipediyada sahifa yaratilgan. Bu faol reklama aholi, mahalliy va xalqaro OAVlarning e'tiborini tortdi. Bundan tashqari, agentlik qizg'in muhokamaga sabab bo'lgan birinchi tizerni suratga oldi.


Natija

Filmning mashhurlik darajasi bir necha bor oshdi. Mahalliy va xalqaro OAVlar «101-REYS» filmining suratga olinishi haqida ko'p marotaba maqola qilishdi. Rebrending ham tanilish darajasini oshirishda katta rol o'ynadi. Bu film Vikipedia sahifasi va sayti yaratilgan birinchi o'zbek filmi bo'ldi. Shundan so'ng, «O'zbekkino» rejissyorlarga yangi talabni e'lon qildi - har bir filmda logotip, aydentika, veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar bo'lishi kerak.



Ro'yxatga qaytish