Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Mac Caldo - Siz kutgan ta'm!


  • Nominatsiya:

    Integratsiyalangan kampaniya

  • Brend

    Mac Caldo

Muammo

Maccaldo - tez tayyor bo'ladigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi. Brend yaqinda bozorda paydo bo'ldi va shuning uchun tomoshabinlar bilan yuqori sifatli imidj va muloqotni shakllantirishi kerak edi. Agentlikga Maccaldo brendi logotipi va aydentikasi, kompaniyaning taniqliligini oshirish va muloqot strategiyalarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.


Yechim

Bozor, raqobatchilarning har tomonlama tahlilini o'tkazib, raqobatbardosh ustunliklarni aniqlagandan so'ng, agentlik logotip, aydentika va mahsulotni qadoq dizaynini ishlab chiqdi. Tomoshabinlar bilan muloqot gavjum joylarda tashqi reklamadan foydalanish orqali o'rnatildi. Bundan tashqari, mahsulotni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish va mamlakatning taniqli shaxslari bilan hamkorlik qilish strategiyasi ishlab chiqildi.


Natija

Amalga oshirilgan barcha ishlar tufayli 6 oydan ko'proq vaqt ichida savdo va brend taniqliligi bir necha marotaba oshdi. Tomoshabinlar bilan to'g'ri aloqa o'rnatildi va brendga bo'lgan ishonch mustahkamlandi. Bugungi kunda Maccaldo sotish sifati va miqdori bo'yicha deyarli raqobatchilar bilan tenglashib ketganini amalda ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, Maccaldo brendi shu vaqt ichida xalqaro sertifikatsiyadan o'tdi va HALAL sertifikatini oldi.



Ro'yxatga qaytish