Milliy qadriyatlar ishtirokidagi kampaniya
Havas
Havas diskaunterlar tarmog‘i va Division marketing agentligining reklama kampaniyasi O‘zbekiston xalqi uchun tavsiyalar va izohlarning ahamiyati masalasini ko‘taradi. Havas — bu uyingiz yaqinidagi oziq-ovqat diskaunteri bo‘lib, u yerda barcha o‘zi va oilasi uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni topishi mumkin. Mahalliy chakana savdo bozorida yangi ishtirokchilar tobora ko‘paymoqda. Havas oziq-ovqat diskaunteri ham iste’molchilar uchun xuddi shunday yangi tarmoqqa aylandi. Har hafta yangi Havas do‘konlari ochiladi. Ammo "oziq-ovqat diskaunteri" atamasi iste’molchilar va maqsadli auditoriya uchun tushunarli emas edi. "Havas" oldida oziq-ovqat diskaunterining afzalliklarini namoyon qilish, brendni raqobatchilar orasida ajratib ko‘rsatib bera olish, Havas va boshqa do‘konlar o‘rtasidagi farqni topish va chegirma bilan xarid qilishning afzalliklarini belgilash vazifasi turardi.
Biz maqsadli auditoriya o‘rtasida so‘rov o‘tkazdik va ulardan har birining do‘konga borish sabablarini aniqladik. Bu sabablar esa muloqotning asosiy g‘oyasiga aylandi. Madaniy tushunchalar va milliy qadriyatlarni o‘rgangan holda biz shunday xulosaga keldikki, bizning potensial iste’molchilarimiz ma’lum mahsulot va brendni tanlashda ko‘p hollarda qo‘shnilar, do‘stlar va qarindoshlarining fikriga asoslanadi. Bu — xalqimizga xos madaniy qadriyatlar xaritasi. Iste’molchilik tanlovida tanishlarimizning tavsiyalari katta rol o‘ynaydi.
Natija kutilganidan ortiq bo‘ldi: reklama kampaniyasi televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan so‘ng diskaunterga tashrif buyuruvchilar soni 17% ga, savdo esa 36% ga oshdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi qamrov 280K dan oshdi. Video tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilindi va biz mingdan ortiq layk hamda 400 ijobiy izoh to‘pladik. Iste’molchilarning fikr-mulohazalariga asoslangan holda, "Havas" auditoriyaga diskaunterlar tarmog‘idan xarid qilishning afzalliklarini yetkaza oldi, degan xulosaga kelindi. O‘tkazilgan kampaniya natijasida diskaunter xizmatlaridan foydalangan iste’molchilarning aksariyati tarmoqqa doimiy sodiq mijoz bo‘lib qoldi.