Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
Asaxiy books
XX asrdan so'ng o'zbek adabiyoti namunalariga bo'lgan qiziqish kamaygan, kitobxonlikka ko'proq jalb qilish, o'zbek adabiyotiga yangicha qarashdagi asar kirayotganligini ommaviy tarzda yoyish. Asaxiy Books loyihasi doirasida chop etilayotgan Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romanini xalqqa taqdim qilish va zamonaviy o'zbek adabiyotiga o'zgacha ruh qo'shilganligini e'lon qilish.
Blogerlar va influenserlar bilan ishlash Blogerlar va influenserlarga taqdim qilingan usulda kitob bilan rasmga tushib o'z sahifalariga qo'yishlarini ta'minlash Yosh ijodkorlar kengashi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda taqdimot va tanlov Ijtimoiy davlat tashkilotlari hamkorligida taqdimot va tanlov o'tkazish orqali yoshlarni ushbu adabiyot bilan yaqindan tanishtirish va "og'zaki reklama" usulidan foydalanish. Ijtimoiy tarmoqlarda videorolik taqdim qilish. Kitob mazmuniga oid videolavha ishlab, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoyish. PR strategiya: #qorqmachallenge Kitob muqovasidagi "ko'z shakli"ni ko'z yoniga tutgan holda suratlarga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish.
Natijada: * ilk nashr 21 kunda tugadi * Ikkinchi nashri 20 000 nusxada chop etildi * www.asaxiy.uz saytidan 1 kunda foydalanuvchilar soni odatdagi 5000-7000 dan , 14-15000 ga yetdi. * Yozuvchi Javlon Jovliyev: Afg'onistondagi Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti, Tahsin-2021 mukofoti va Yoshlar Festivali doirasida "30 million so'mlik sertifikat" bilan taqdirlandi.