Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

«Zo’r»


  • Nominatsiya:

    Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi

  • Brend

    Beeline

Muammo

O‘zbekiston aloqa bozori uchun misli ko‘rilmagan tarkibga ega yangi tariflar turkumi yaratilmoqda – juda manfaatli narxda cheklanmagan qo‘ng‘iroqlar va SMS. Yangi tariflarga ega katta kampaniya, ammo nomlanishi allaqachon tanilib ulgurgan bo‘lib, «ZO’R» (KLASS! SUPER!) ma’nosini aks ettiradi. Mazkur kampaniyaning neymingi bejiz tanlanmagan. U 10 yil oldin Beeline Uzbekistan tomonidan "Zo’r-Zo’r"ni sabbrendga chiqarish bilan bir qatorda yoshlarga mo‘ljallab ishga tushirilgan muvaffaqiyatli tarif bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlikka ega. Yangi tariflar turkumi ishga tushirilishini avvalgi muvaffaqiyatli loyiha bilan bog‘lash lozim, buni uning neymingi eslatib turadi, yangi turkumni yangi shakl, yangi ijrodagi restart tarzida idrok etilishini ta’minlash lozim va «Zo’r-Zo’r» sabbrendi davrida ulg‘aygan avlodning yoqimli xotiralarni qo‘msash tuyg‘usini uyg‘otishi darkor. 10 yil oldin juda yosh bo‘lgan avlod, bugungi kunda abonent bazasining to‘lashga qurbi yetadigan asosi hisoblanadi, auditoriyaga mazkur kampaniyaning mohiyatini to‘g‘ri yetkazish kerak. «Zo’r» o‘n yil muqaddam o‘tgan qoyilmaqom davrlarga eltgandek bo‘ladi va yangi mahsulot - juda zo‘r tarkibli va zo‘r narxga ega tariflar turkumi haqida xabardor qiladi. 1. O‘tgan yillar davomida bozorda quyidagi atributlarning ko‘rsatkichlarini kuchaytirish va ko‘paytirishni talab qiladigan o‘zgarishlar ro‘y berdi: 2. 1. Atribut ko‘rsatkichini ko‘paytirish - smartfon foydalanuvchilari uchun eng yaxshi operator; 3. 2. Atribut ko‘rsatkichini ko‘paytirish - eng yaxshi 4G internet operatori; 4. 3. Atribut ko‘rsatkichini ko‘paytirish - oddiy, tushunarli va manfaatli tariflarni taklif etuvchi operator; 5. 4. Atribut ko‘rsatkichini ko‘paytirish - milliy operator; 6. 5. Abonentlarning sodiqlik darajasini va Beeline bilan uzoqroq bo‘lish / unga o‘tish motivatsiyasini oshirish.


Yechim

Kreativ qaror qabul qilindi: Ilgari yirik «Zo’r-Zo’r» reklama kampaniyasiga jalb etilgan taniqli shaxsni «Zo’r» yangi tariflari uchun jalb etish. Vazifa bizning maqsadli auditoriyamiz biz bilan va Jahongir bilan birgalikda o‘zgarganini ko‘rsatishdan iborat edi. 10 yil oldin u endigina o‘z faoliyatini boshlagan qo‘shiqchi edi, hozirda esa O‘zbekistonda tan olingan ijodiy doiralarda taniqli bo‘lgan mashhur odam. Ya’ni, maqsadli auditoriya o‘zini tanlangan qahramonga o‘xshatadi. Suratga olish ishlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Tender jarayonlari doirasida xorijiy prodakshn studiya tanlangan. Hatto rolikning boshlanishida ham flesh bekli lahza bor bo‘lib, u yerda «Zo’r-Zo’r» aks-sadosini eshitish mumkin, bu esa o‘tgan davrlarni qo‘msash hissini uyg‘otadi. G‘oya shundan iborat ediki, bu keng qamrovli reklama kampaniyasi bo‘lgan, unga 3 daqiqali maxsus musiqiy kompozitsiya yozilgan bo‘lib, u juda ommaviylashgan va radiostantsiyalarda rotatsiya qilingan. U garchi mahsulot bo‘lmagan bo‘lsa-da, Zo’r tarifi rotatsiyasidan ikki 2 hafta oldin ishga tushirilgan edi. Trek to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayramni esga solib, tinglovchilar orasida keng qabul qilingan. Moslashtirilgan vijulli imij qo‘llanilgan ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanilgan. Barcha postlarni bezaklashda yoshlarbop usul qo‘llanilgan. Bundan tashqari, reklama kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun blogerlarni jalb etgan holda Jahongir P.ning trekiga moslashtirilgan butun boshli Zo’r dance chellenjini boshlashga qaror qilingan. Mahsulot: Tariflar turkumi 4 ta tarifdan iborat bo‘lib, ularning 3 tasi cheksiz ovozli aloqa, SMS hamda juda katta xajmdagi internetga ega, birinchi tarif garchi chegaralangan daqiqalarga ega bo‘lsa-da, juda manfaatli edi. Asosiy vazifa ushbu tariflar turkumidan qaysi biri tanlanishidan qat’iy nazar, ularning barchasi manfaatli va ajoyib ekanini abonentlarga to‘g‘ri yetkazishdan iborat edi. Abonentning "Beeline"ni eng zo‘r tariflarga ega bo‘lgan uyali aloqa operatori sifatida qabul qilishni mustahkamlash va yangi abonentlarni jalb qilish zarur edi.


Natija

ad awareness (videoqator bo‘yicha respondentlarning xabardorligi tahlili) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovnoma o‘tkazilgan respondentlarning 55 foizi Zo‘r roligini ko‘rishgan va eslashadi, uni masalan, eng yaqin raqobatchisidan ko‘ra ko‘proq tanishgan, Cosmo - 33 pog‘onaga, 65 foiz respondent rolikka ijobiy baho bergan. Qamrovning oshishiga rolikning TVdagi rotatsiyasi katta ta’sir o‘tkazadi. Televizorda kampaniya ishga tushirilganidan so‘ng, NPS ortishi kuzatiladi, garchi TV bilan korrelyatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita bo‘lsa ham - 77%. TV efir boshlanishi bilan haftalik o‘rtacha NPS Beeline 14 foizga o‘sdi. Shuningdek savdo va media qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilib, reklama kampaniyasi ishga tushirgandan keyin ijobiy tendensiya bo‘lganini qayd etish mumkin. Zo‘r "Beeline Uzbekistan"ni eslatadigan bo‘lib qoldi. So‘nggi 10 yil ichida neyming hech bir uyali aloqa operatorlari tomonidan ishlatilmadi. Natijada, biz atributlar ko‘rsatkichlari, savdo va daromadni oshirishga muvaffaq bo‘ldik.



Ro'yxatga qaytish